info@namspi.uz +998 69 211-10-97
Bosh auditor
Bo‘limlar va markazlar Bo‘limlar va markazlar

Bosh auditor

Xaydarov Nodirbek Burxonidinovich

Qabul kunlari: dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma, shanba kunlari soat 9:00-16:00

Tamomlagan oliy ta’lim muassasasi2007-yilda Namangan Muhandislik iqtisodiyot instituti  Iqtisodiyot fakulteti
MutaxassisligiIqtisodchi
Horijiy davlatlarda malaka oshirganligi --
Fan nomzodi /PhD/ disssertatsiyasi mavzusi  ---
Fan doktori /DSc/ dissertatsiyasi mavzusi 
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi 
Ilmiy rahbarligi 
Nashr qilingan maqolalari 
Ilmiy loyiha (grant) ishtiroki 
h indeksi 
O‘quv fani 
O‘quv-uslubiy ishlari 
Jamoatchilik ishlaridagi faoliyati 
Davlat mukofotlari 

NAMANGAN DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI BOSH AUDITOR LAVOZIM VAZIFASI:

OTMning byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha shtatlar daromadlar va xarajatlar smetalarini amaldagi normativ hujjatlariga mos ravishda shakllantirilishida bevosita qatnashish hamda ijrosini nazorat qilish;

mehnatga xaq to‘lash jamg‘armasini to‘g‘ri sarflanishi, mansab maoshlarining to‘g‘ri belgilanishi, smeta-shtat, kassa va to‘lov intizomiga rioya etilishi, ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, stipendiya, xizmat safari to‘lovlarining to‘g‘ri hisoblanishi va to‘lanishini hamda mablag‘lardan maqsadli foydalanilishini birlamchi hujjatlar va UzASBO dasturiy ta’minoti orqali doimiy monitoring qilish;

OTM ehtiyoji uchun byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan tovar (ish, xizmat)larni xarid qilinishi, tender (tanlov) savdolari o‘tkazilishini O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlarida”gi Qonuni talablariga muvofiq amalga oshirilishini monitoring qilish va imzolangan shartnomalar bo‘yicha shartlarning bajarilishini nazorat qilish;

yuzaga kelgan debitor va kreditor qarzdorliklarning asosliligini o‘rganish va bartaraf etish chorasini ko‘rish;

OTMda hamda uning omborxonasidagi mavjud tovar-moddiy qiymatliklar, naqd pul mablag‘lari, qimmatli qog‘ozlar, qat’iy hisobda turuvchi blankalar hamda boshqa moddiy va nomoddiy aktivlar inventarizatsiyasini o‘tkazish jarayonlarida faol ishtirok etish, shuningdek ularni amaldagi normativ hujjatlarga mos ravishda tashkil etilishini ta’minlash;

tovar-moddiy qiymatliklar, pul mablag‘larining inventarizatsiyasi natijasida yoki boshqa nazorat va monitoring tadbirlari natijasida aniqlangan kamomadlar va ortiqchaliklarni o‘rnatilgan tartibda kirim qilinishini ta’minlash;

kamomadlarga yo‘l qo‘yilishi, pul mablag‘lari va tovar-moddiy qiymatliklarni talon-taroj qilinishi holatlarini tahlil qilish va oldini olish bo‘yicha profilaktika ishlarini olib borish;

o‘tkaziladigan o‘rganish va profilaktika tadbirlari jarayonida odob-axloq va xizmat qoidalari talablariga qat’iy rioya etish.

OTMda asossiz debitor va kreditor qarzdorliklarga yo‘l qo‘ymaslik, byudjet, smeta-shtat intizomini mustahkamlash, byudjet mablag‘laridan foydalanish, tovar (ish, xizmat)larni xarid qilish samaradorligini oshirish masalalari bo‘yicha, shuningdek aniqlangan qonun buzilishi holatlarini, ularni sodir etishga imkoniyat yaratuvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida OTM rektoriga (yozma) axborotlar beradi.