info@namspi.uz +998 69 211-10-97
Yuristkonsult
Bo‘limlar va markazlar Bo‘limlar va markazlar

Yuristkonsult

Umarov Jumaboy Abduvaliyevich

Qabul kunlari: chorshanba, juma kunlari soat 15:00 -18:00

Tamomlagan oliy ta’lim muassasasi1983-yilda Toshkent davlat universiteti yuridik fakulteti
Mutaxassisligiyurisprudensiya
Horijiy davlatlarda malaka oshirganligi --
Fan nomzodi /PhD/ disssertatsiyasi mavzusi  ---
Fan doktori /DSc/ dissertatsiyasi mavzusi 
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi 
Ilmiy rahbarligi 
Nashr qilingan maqolalari30dan ortiq maqola va tezislar, 2ta broshyuralar
Ilmiy loyiha (grant) ishtiroki 
h indeksi 
O‘quv faniDavlat va huquq nazariyasi, O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi
  
Jamoatchilik ishlaridagi faoliyati NamDPI Fahriylar Kengashi raisi
Davlat mukofotlari 

   

Umarov Jumaboy Abduvaliyevich, 1959-yil 10-dekabrda Andijon viloyati Shahrixon tumanida tugʻilgan. 1967-1977- yillarda Andijon viloyati Shahrixon tumanidagi 26- maktabda oʻqigan. Toshkent davlat universitetida 1978-1983- yillarda huquqshunoslik yoʻnalishi boʻyicha  oʻqishni tamomlagan.

    1983- 1997-yillarda Andijon viloyatida advokat, sud raisi lavozimlarida ishlagan, 1997-2002-yillarda Fargʻona davlat universitetida katta oʻqituvchi lavozimida ishlagan. 2002-2017-yillarda Namangan davlat universiteti fuqarolik huquqi kafedrasida katta oʻqituvchi, 2018-2021-yillarda yuriskonsult lavozimida ishlagan.

    2022-yildan Namangan davlat pedagogika instituti yuriskonsulti lavozimida ishlab kelmoqda.
 

NAMANGAN DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI

YURISKONSULTI  LAVOZIM  VAZIFALARI:
 

Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qaror va farmonlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining taʼlim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini amalga oshirish boʻyicha tashkiliy ishlarni amalga oshirishda ishtirok etish;

rektorga imzo qoʻyish uchun  taqdim etilayotgan buyruqlar, yoʻriqnomalar va boshqa hujjatlarning qonun hujjatlariga mosligini aniqlash;

jamoa shartnomalarini tayyorlash va rasmiylashtirishda qatnashish;

institut bilan boshqa tashkilotlar oʻrtasida tuziladigan shartnomalarning toʻgʻri tuzilishini va qonuniy tarzda amalga oshirilishiga koʻmaklashish;

xodimlarga faoliyati bilan bogʻliq masalalar yuzasidan huquqiy maslahatlar berish;

talab etilganda institut va xodimlarning huquqlarini huquqni muhofaza qilish organlari va sudlarda himoya qilish;

institut  xodimlari va talabalar orasida boshqa institut tuzilmasidagi boʻlimlar bilan hamkorlikda yangi qabul qilingan normativ huquqiy hujjatlarning targʻibotini olib borish.