info@namspi.uz +998 69 211-10-97
Kreativ pedagogika va psixologiya kafedrasi
Fakultetlar Fakultetlar Pedagogika

Kreativ pedagogika va psixologiya kafedrasi

Sulaymonova Saodat Usubxonovna
1 marta ko‘rilgan
Tamomlagan oliy ta’lim muassasasiNamangan davlat universiteti
MutaxassisligiPedagogika nazariyasi va tarixi (2017)
Horijiy davlatidagi xizmat safarini oshirganligiJanubiy Koreya Respublikasining Jinju shaxridagi Gyeongsang National Universiteti
Fan nomzodi /PhD/ disssertatsiyasi mavzusi“Animatsion yondashuv asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologik tushunchalarni rivojlantirish texnologiyasi”
Fan doktori /DSc/ dissertatsiyasi mavzusi“Interaktiv vizual ta’lim vositalari orqali o‘quvchilarning ekologik madaniyatini rivojlantirish metodikasi (8-10 sinflar misolida)”
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishiPedagogika
Ilmiy rahbarligimagistr (11), PhD (3).
Nashr qilingan maqolalari

Jurnal /OAK-15, xorijiy-4.

Konferensiya /respublika-15, xalqaro-7

Ilmiy loyiha (grant) ishtirokiSTARTAP loyihasi “Animatsion yondashuv asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologik tushunchalarni rivojlantirish texnologiyasi” mavzusi asosida
O‘quv-uslubiy ishlariDarslik (1), o‘quv qo‘llanma (2), monografiya (3)  boshqa o‘quv adabiyotlari (2).
Jamoatchilik ishlaridagi faoliyatiIs’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/2025.27.12.Ped.35.01 raqamli Ilmiy kengash13.00.02 – “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi”  ixtisosgi     bo‘yicha ilmiy kengash a’zosi
Telegramm akkaunti@Saodat
Rasmiy elektron pochtasie-mail: saodatsulaymonova83@mail.ru

TARJIMAI HOL

 2017-yilda Namangan davlat universiteti Pedagogika fakultetini tamomlagan. Pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori(PhD) dotsent

Tayinlovga qadar Namangan davlat pedagogika institutining Kreativ pedagogika va psixologiya kafedrasi katta o’qituvchisi lavozimida faoliyat olib borgan.

Kafedra mudiri lavozim vazifalari:

O‘zining xizmat vazifalarini vijdonan bajarish;

Mehnat intizomiga rioya qilish, ish beruvchining qonunga muvofiq bo‘lgan farmoyishlari va ko‘rsatmalarini o‘z vaqtida hamda sifatli bajarish;

Muassasaning mol-mulkiga avaylab munosabatda bo‘lish va undan oqilona foydalanish;

Muassasa jamoasining a’zolari va ish jarayonida aloqa qiladigan boshqa shaxslar bilan xushfe’l munosabatda bo‘lish, kiyinish madaniyatiga rioya etish;

Muassasa miqyosida kafedra faoliyatiga taalluqli masalalar muhokamasi va hal etilishida ishtirok etish;

Kafedraga pedagog kadrlarni tanlov asosida ishga qabul qilinishini ta’minlash, ularni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish, shuningdek, intizomiy jazo choralarini qo‘llash to‘g‘risida OTMsi rahbariyatiga belgilangan tartibda takliflar kiritish;

OTMsining tegishli xizmat bo‘linmalaridan o‘quv-tarbiyaviy va ilmiytadqiqot jarayonini talab darajasida o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan sharoitlarni ta’minlashni talab etish;

Belgilangan tartib va muddatlarda o‘quv yilidagi faoliyati bo‘yicha kafedra hisobotini tayyorlash, Ilmiy kengash majlislarida hisobot berish;

Tasdiqlangan rejaga muvofiq ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, tugallangan ilmiy-tadqiqot ishlarini ta’lim, fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyasini ta’minlash;

Kafedra o‘qituvchilarining shaxsiy ish rejalaridagi o‘quv, ilmiyuslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy va tashkiliy-uslubiy ishlarini ko‘rib chiqish, tajribali o‘qituvchilar faoliyatini o‘rganish, umumlashtirish,ilg‘or tajribalarini ommalashtirishga qaratilgan ishlarni tashkil etish;

Zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishni boshlagan yosh o‘qituvchilarga pedagogik malaka va ko‘nikmalarni egallashda yordam berish, axborot bazasini yaratish, o‘quv mashg‘ulotlarida zamonaviy o‘quv-texnika vositalaridan, yakka tartibda o‘qitish va mustaqil ta’lim olish uslublaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish, o‘qitishni zamonaviy kompyuter texnikalari bilan jihozlangan maxsus o‘quv auditoriyalarda tashkil qilish bo‘yicha takliflar kiritish, masofali o‘qitish elementlarini rivojlantirish ishlarini amalga oshirish;

Ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, kafedra mutaxassisligiga mos yoki turdosh ixtisosliklar bo‘yicha nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarini ilmiy seminarlarda muhokama qilish, ta’lim hujjatlarining me’yor talablariga javob  berishini belgilash bo‘yicha ekspert guruhlari tarkibida ishtirok etish;

Bitiruvchilarni ishga taqsimlash, bitiruv malakaviy ishi, magistrlik dissertatsiyasining mavzularini shakllantirish, byudjetdan tashqari mablag‘larni jalb etish, shuningdek, ilmiy-texnikaviy yordam ko‘rsatish maqsadida ishlab chiqarish korxonalari va boshqa xo‘jaliklar bilan aloqa o‘rnatish;

OTM(oliy ta’lim muassasasi) va mazkur kafedrada stajyor tadqiqotchi-izlanuvchilari bilan muntazam aloqalarni tashkil etish,bitiruvchilar monitoringini olib borish.