info@namspi.uz +998 69 211-10-97
Maktabgacha ta’lim kafedrasi
Fakultetlar Fakultetlar Pedagogika

Maktabgacha ta’lim kafedrasi

Asranbayeva Munojatxon Xalimjanovna

Kafedrasi mudiri Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent

Tamomlagan oliy ta’lim muassasasiNamangan davlat universiteti
MutaxassisligiMaktabgacha pedagogika va psixologiya (1997)
Horijiy davlatlarda malaka oshirganligiRossiya Federatsiyasi, Finlyandiya, Belorus Respublikasi,Malayziya, Xitoy, Qozog‘iston Respublikasi.
Fan nomzodi /PhD/ disssertatsiyasi mavzusiNotoʼliq oilalarda bolalarni ijtimoiy hayotga tayyorlashning pedagogik mexanizmlari (2020 y.)
Fan doktori /DSc/ dissertatsiyasi mavzusiOliy ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilarining intellektual salohiyatini rivojlantirishning  gerontopedagogik asoslarini takomillashtirish
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishiMaktabgacha pedagogika va psixologiya
Ilmiy rahbarligibakalavr (24), magistr (15), PhD (2).
Nashr qilingan maqolalari

Jurnal /OAK-24, xorijiy-18.

Konferensiya /respublika-34, xalqaro-26

Ilmiy loyiha (grant) ishtirokiEMPOVER: Women Entrepreneurship, employability and self-confidence mavzusidagi halqaro loyiha ishtirokchisi.
h indeksiGoogle scholar-11
O‘quv faniPedagogik akmeologiya, Pedagogika va psixologiya fanlari
O‘quv-uslubiy ishlaridarslik (11), o‘quv qo‘llanma (8), monografiya (2)  boshqa o‘quv adabiyotlari (16).
Jamoatchilik ishlaridagi faoliyatiNamangan davlat pedagogika instituti huzuridagi pedagogika fanlari bo’yicha ilmiy daraja beruvchi PhD.01/2025.25.12.Ped. 08.01 raqamli ilmiy kengash a’zosi
Telegramm akkaunti@munojat_76
Rasmiy elektron pochtasie-mail: munojatasranbayeva1976@gmail.com
Davlat mukofotlari“Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni (2023 y.)

 

Kafedra mudiri lavozim vazifalari:

O‘zining xizmat vazifalarini vijdonan bajarish;

Mehnat intizomiga rioya qilish, ish beruvchining qonunga muvofiq bo‘lgan farmoyishlari va ko‘rsatmalarini o‘z vaqtida hamda sifatli bajarish;

Muassasaning mol-mulkiga avaylab munosabatda bo‘lish va undan oqilonafoydalanish;

Muassasa jamoasining a’zolari va ish jarayonida aloqa qiladigan boshqashaxslar bilan xushfe’l munosabatda bo‘lish, kiyinish madaniyatiga rioya etish;

Muassasa miqyosida kafedra faoliyatiga taalluqli masalalar muhokamasi va hal etilishida ishtirok etish;

Kafedraga pedagog kadrlarni tanlov asosida ishga qabul qilinishini ta’minlash, ularni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish, shuningdek, intizomiy jazo choralarini qo‘llash to‘g‘risida OTMsi rahbariyatiga belgilangan tartibda takliflar kiritish;

OTMsining tegishli xizmat bo‘linmalaridan o‘quv-tarbiyaviy va ilmiytadqiqot jarayonini talab darajasida o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan sharoitlarni ta’minlashni talab etish;

Belgilangan tartib va muddatlarda o‘quv yilidagi faoliyati bo‘yicha kafedra hisobotini tayyorlash, Ilmiy kengash majlislarida hisobot berish;

Tasdiqlangan rejaga muvofiq ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, tugallangan ilmiy-tadqiqot ishlarini ta’lim, fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyasini ta’minlash;

Kafedra o‘qituvchilarining shaxsiy ish rejalaridagi o‘quv, ilmiyuslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy va tashkiliy-uslubiy ishlarini ko‘rib chiqish, tajribali o‘qituvchilar faoliyatini o‘rganish, umumlashtirish,ilg‘or tajribalarini ommalashtirishga qaratilgan ishlarni tashkil etish;

Zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishni boshlagan yosh o‘qituvchilarga pedagogik malaka va ko‘nikmalarni egallashda yordam berish, axborot bazasini

yaratish, o‘quv mashg‘ulotlarida zamonaviy o‘quv-texnika vositalaridan, yakka tartibda o‘qitish va mustaqil ta’lim olish uslublaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish, o‘qitishni zamonaviy kompyuter texnikalari bilan jihozlangan maxsus o‘quv auditoriyalarda tashkil qilish bo‘yicha takliflar kiritish, masofali o‘qitish elementlarini rivojlantirish ishlarini amalga oshirish;

Ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, kafedra mutaxassisligiga mos yoki turdosh ixtisosliklar bo‘yicha nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarini ilmiy seminarlarda muhokama qilish, ta’lim hujjatlarining me’yor talablariga javob berishini belgilash bo‘yicha ekspert guruhlari tarkibida ishtirok etish;

Bitiruvchilarni ishga taqsimlash, bitiruv malakaviy ishi, magistrlik dissertatsiyasining mavzularini shakllantirish, byudjetdan tashqari mablag‘larni jalb etish, shuningdek, ilmiy-texnikaviy yordam ko‘rsatish maqsadida ishlab chiqarish korxonalari va boshqa xo‘jaliklar bilan aloqa o‘rnatish;

OTM(oliy ta’lim muassasasi) va mazkur kafedrada stajyor tadqiqotchi-izlanuvchilari bilan muntazam aloqalarni tashkil etish,bitiruvchilar monitoringini olib borish;