info@namspi.uz +998 69 211-10-97
Tabiiy fanlar kafedrasi
Fakultetlar Fakultetlar Aniq va tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar kafedrasi

Abdullayev Nodirxon Jo‘raxonovich
+998 97 828 17 89 Ilmiy89@mail.ru 3 marta ko‘rilgan
Tamomlagan oliy ta’lim muassasasiNamangan davlat universiteti
MutaxassisligiKimyo (fan yo‘nalishlari bo‘yicha) (2012, 2014)
Horijiy davlatlarda malaka oshirganligi-
Fan nomzodi /PhD/ disssertatsiyasi mavzusiMahalliy polisaxaridlar asosidagi interpolimer kompleks membranalarning sorbsion xossalari 2022
Fan doktori /DSc/ dissertatsiyasi mavzusi 
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishiPolisaxaridlarning kolloid xossalari
Ilmiy rahbarligibakalavr (5), magistr (2).
Nashr qilingan maqolalari

Jurnal /OAK-8, xorijiy-4.

Konferensiya /respublika-30, xalqaro-2

Ilmiy loyiha (grant) ishtiroki№F-7-19 2012-2016
h indeksi2
O‘quv faniNoorganik kimyo, analitik kimyo
O‘quv-uslubiy ishlariMonografiya 1 ta, boshqa o‘quv adabiyotlari (8).
Jamoatchilik ishlaridagi faoliyati 
Davlat mukofotlari-

KAFEDRA MUDIRINING LAVOZIM VAZIFASI:

Kafedra ish rejasi, professor-o‘qituvchi va xodimlarining shaxsiy ish rejalari hamda kafedra faoliyati doirasidagi boshqa hujjatlarni tasdiqlash;

Kafedra pedagog xodimlariga o‘quv yuklamalarini taqsimlash hamda ularning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini nazorat qilish;

Kafedraga pedagog kadrlarni tanlov asosida ishga qabul qilinishini ta’minlash, ularni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish, shuningdek, intizomiy jazo choralarini qo‘llash to‘g‘risida OTM rahbariyatiga belgilangan tartibda takliflar kiritish;

Belgilangan tartib va muddatlarda o‘quv yilidagi faoliyati bo‘yicha kafedra hisobotini tayyorlash, Ilmiy kengash majlislarida hisobot berish;

Tasdiqlangan rejaga muvofiq ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, tugallangan ilmiy-tadqiqot ishlarini ta’lim, fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyasini ta’minlash;

Kafedra o‘qituvchilarining shaxsiy ish rejalaridagi o‘quv, ilmiy-uslubiy, ilmiytadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy va tashkiliy-uslubiy ishlarini ko‘rib chiqish, tajribali o‘qituvchilar faoliyatini o‘rganish, umumlashtirish, ilg‘or tajribalarini ommalashtirishga qaratilgan ishlarni tashkil etish;

Zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishni boshlagan yosh o‘qituvchilarga pedagogik malaka va ko‘nikmalarni egallashda yordam berish, axborot bazasini yaratish, o‘quv mashg‘ulotlarida zamonaviy o‘quv-texnika vositalaridan, yakka tartibda o‘qitish va mustaqil ta’lim olish uslublaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish, o‘qitishni zamonaviy kompyuter texnikalari bilan jihozlangan maxsus o‘quv auditoriyalarda tashkil qilish bo‘yicha takliflar kiritish, masofali o‘qitish elementlarini rivojlantirish ishlarini amalga oshirish;

Ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, kafedra mutaxassisligiga mos yoki turdosh ixtisosliklar bo‘yicha nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarini ilmiy seminarlarda muhokama qilish, ta’lim hujjatlarining me’yor talablariga javob berishini belgilash bo‘yicha ekspert guruhlari tarkibida ishtirok etish;

Bitiruvchilarni ishga taqsimlash, bitiruv-malakaviy ishi, magistrlik dissertatsiyasining mavzularini shakllantirish, byudjetdan tashqari mablag‘larni jalb etish, shuningdek, ilmiy-texnikaviy yordam ko‘rsatish maqsadida ishlab chiqarish korxonalari va boshqa xo‘jaliklar bilan aloqa o‘rnatish;

Kafedra ixtisosligi bo‘yicha mutaxassislar malakasini oshirishga yo‘naltirilgan tadbirlar o‘tkazish, ta’lim xizmati ko‘rsatish tizimini rivojlantirish.