https://namspi.uz/uploads/549126513d118ef6169f9bc79c9c969f.jpg
Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limi
Namangan davlat pedagogika instituti Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limi tomonidan talabalarni ilmiy-ijodiy ishlar, tadqiqotchilik faoliyatiga keng jalb etish, ularning intellektual salohiyati va ilmiy ijodkorligini namoyon etishlari uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida “Mening birinchi maqolam” tanlovi e'lon qilinmoqda.
🗓 Tanlovda ta'lim shakli va bosqichidan qat'iy nazar institutning barcha talabalari ishtirok etishlari mumkin. Tanlov har oyning yakunida o'tkaziladi hamda g'oliblar hamda faol ishtirokchilar rag'batlantirib boriladi.
Batafsil ma'lumot uchun manzil:
@Doniyorbek_Maxkamov
Murojaat uchun tel:
+998 88 181 31 41