https://namspi.uz/uploads/6ec45bd801f15832007a63f902f439b6.jpg
Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo'limi
#malakaviy_imtihon
O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy Attestatsiya Komissiyasi Rayosatining 2024-yil 7-iyundagi 355/4 qaroriga asosan Namangan davlat pedagogika institutida "Pedagogika nazariyasi va tarixi", "Pedagogik texnologiya" va "Pedagogik mahorat" fanlaridan qo'shimcha malakaviy imtihonlar uchun onlayn hujjatlar qabul qilish boshlandi:
TALAB ETILADIGAN HUJJATLAR:
Pasport nusxasi;
Diplom nusxasi;
Shaxsiy ma’lumotnoma (obektivka)
Boshqa tashkilotlardan keluvchilar uchun tadqiqot olib borayotgan muassasadan yo’llanma xat
Ilmiy unvon olmoqchi bo’lganlar uchun (fan nomzodi, PhD yoki DSc) diplom nusxasi
OAK tomonidan fanlar farqi belgilab berilgan rasmiy xat.
Asosiy ish joyi Namangan davlat pedagogika instituti bo'lmagan malakaviy imtihon jarayonlarida qatnashgan talabgorlar 10 ish kunida har bir topshirgan malakaviy imtihon fani uchun 400 110 860 144 017 094 100 350 002 hisob raqamiga bazaviy hisoblash miqdorining 50 % (170 ming so'm) miqdorida to'lov amalga oshirishlari kerak.
Hujjatlarni qabul qilish muddati: 2024-yil 25-sentabrdan 15-oktabrgacha
Hujjatlar zip va rar formatida (umumlashtirilgan holatda) quyidagi manzil orqali qabul qilinadi:
Tel: +998 99 988 84 31