Du - Sh 8:30-17:30
Call markazi 69 211 10 97
   2024-09-23 09:00:00   |      26

OAK Rayosatining 2024 yil 30 martdagi 352/4-son qarori


NamDPI

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovasiyalar vazirligining 2024 yil 31 yanvardagi "Ilmiy noshirlik faoliyati hamda dissertasiyalarda koʻchirmachilikni aniqlash tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida"gi 24-son buyruqning 3-bandi bilan "Ilmiy faoliyat natijalarini nashr etish uchun tavsiya etilgan nashrlar roʻyxatiga kiritish uchun ilmiy nashrlarga qoʻyiladigan ilmiy etiket talablari" 1-ilovaga muvofiq tasdiqlanib, unda 16 ta nashriyotlar va ma'lumotlar bazalari e'tiborga olinmagani ma'lumot uchun qabul qilinsin.

"Ilmiy faoliyat natijalarini nashr etish uchun tavsiya etilgan nashrlar roʻyxatiga kiritish uchun ilmiy nashrlarga qoʻyiladigan ilmiy etiket talablari"ning 21-bandiga muvofiq quyidagi 16 ta nashriyotlar va ma'lumotlar bazalari "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy attestasiya komissiyasining dissertasiyalar asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar roʻyxati"dan (3-bet) 2024 yilning 1 aprelidan boshlab chiqarilsin:
1. Journal Impact Factor
2. Global Impact Factor
3. International Impact Factor Sevices
4. Directory of Research Journals Indexing
5. Open Academic Journals Index
6. Scientific Indexing Services
7. General Impact Factor
8. InfoBase Index
9. International Society for Research Activity
10. Scientific Journal Impact Factor
11. Scientific Research Publishing Inc
12. Academic Journals Database
13. Academic One File
14. Advanced Science Index
15. Impact Factor Search
16. Universal Impact Factor.

OAK Kotibiyati hamda ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy attestasiya komissiyasining dissertasiyalar asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar roʻyxati"dan (3-bet) 2024 yilning 1 aprelidan chiqarilgan 16 ta nashriyotlar va ma'lumotlar bazalari asosida "impakt-faktor"ga ega boʻlgan ilmiy jurnallarda nashr etilgan maqolalarni Roʻyxat tarkibiga kiritilgan ilmiy jurnallarda chop etilgan ilmiy maqolalar sifatida qabul qilmaslik amaliyotini yoʻlga qoʻysin.

 

Manba