| № | Ixtisoslik shifri va nomi | Doktorantura DSc | Tayanch doktorantura PhD | Stajyor-tadqiqotchi |
| 1. | 07.00.01 - O‘zbekiston tarixi | 0 | 2 | 1 |
| 2. | 09.00.04 - Ijtimoiy falsafa | 0 | 2 | 0 |
| 3. | 10.00.01 - O‘zbek tili | 1 | 2 | 0 |
| 4. | 10.00.02 - O‘zbek adabiyoti | 0 | 2 | 0 |
| 5. | 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta'limotlar tarixi | 1 | 3 | 1 |
| 6. | 13.00.02 - Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (sohalar bo‘yicha) | 1 | 8 | 1 |
| 7. | 13.00.04 - Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi | 0 | 2 | 0 |
| 8. | 13.00.08 - Maktabgacha ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi | 1 | 3 | 0 |
| 9. | 19.00.05 - Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya | 1 | 3 | 0 |
Stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura (PhD), mustaqil izlanuvchilik (PhD)ga o‘qishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
➡️ Qisqacha biografik ma’lumot
➡️ Elektron tizim orqali integratsiya qilinmagan taqdirda - oliy taʼlim muassasasi magistraturasi diplomi yoki klinik ordinaturani tugatganligi (tibbiyot fanlari uchun), oliy maʼlumot (mutaxasislik dasturlari bo‘yicha) to‘g‘risida diplom nusxasi*.
➡️ Nashr etilgan ilmiy ishlar nusxalari (kamida 1 ta maqola va 2 ta tezis).
➡️ Xorijiy til bo‘yicha milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat (Stajyor-tadqiqotchilar va mustaqil izlanuvchilar uchun majburiy emas)
Doktorantura (DSc) uchun qo‘shimcha talablar
➡️ Qisqacha biografik ma’lumotnoma.
➡️ Oliy ma’lumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega boʻlganligi toʻgʻrisidagi diplom nusxasi*.
➡️ Tadqiqot mavzusi bo‘yicha ilmiy ma’ruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining mufassal loyihasi (mustaqil izlanuvchilar (DSc) uchun majburiy emas).
➡️ Nashr etilgan ilmiy ishlar nusxalari (kamida 3 ta maqola va 2 ta tezis).
➡️ Xorijiy til bo‘yicha milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat nusxasi (Mustaqil izlanuvchilar uchun majburiy emas).
Hujjatlarni topshirish tartibi: barcha hujjatlar PDF shaklida tayyorlanib, Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizimi https://daraja.ilmiy.uz (https://daraja.ilmiy.uz/) orqali yuboriladi.
Qabul muddati: 2025-yil 5-oktyabrdan 5-noyabrgacha.
Manzil: Namangan shahar, Uychi ko‘chasi 316-uy. Namangan davlat pedagogika instituti.