info@namspi.uz +998 69 211-10-97
Xusanov Bahodir Ergashevich
Rahbariyat Rektor

Xusanov Bahodir Ergashevich

Falsafa fanlari doktori, Professor Qabul vaqti: juma, soat 14:00-16:00

Tamomlagan oliy ta’lim muassasasiToshkent davlat universiteti
MutaxassisligiFilosofiya o‘qituvchisi (1993)
Horijiy davlatlarda malaka oshirganligiRossiya, Qozog‘iston, Tojikiston
Fan nomzodi /PhD/ disssertatsiyasi mavzusiGo‘zallikning shaxs va jamiyat munosabatlarida namoyon bo‘lish xususiyatlari (2002 y.)
Fan doktori /DSc/ dissertatsiyasi mavzusi

Estetik tarbiya klasterlarini

takomillashtirishning falsafiy-konseptual asoslari (2024-y.)

Ilmiy tadqiqot yo‘nalishietika va estetikaning falsafiy masalalari
Ilmiy rahbarligibakalavr (67), magistr (33), fan nomzodi (2), PhD (2).
Nashr qilingan maqolalari

Jurnal /OAK-11, xorijiy-6.

Konferensiya /respublika-47, xalqaro-11

Ilmiy loyiha (grant) ishtirokiAmaliy: ITD-1 Jamiyatni ma’naviy-axloqiy va madaniy rivojlanishi, ma’naviy qadriyatlar, milliy g‘oya, madaniy meros, o‘zbek xalqi va davlatchilik tarixini hamda ta’limning uzviylik va uzluksizligini, barkamol avlod tarbiyasini tadqiq etish
h indeksi4
O‘quv fanifalsafa, etika, estetika, notiqlik san’ati, san’at falsafasi
O‘quv-uslubiy ishlaridarslik (3), o‘quv qo‘llanma (6), boshqa o‘quv adabiyotlari (11).
Jamoatchilik ishlaridagi faoliyati

“Ma’rifat targ‘ibotchilari jamiyati” a’zosi

Andijon davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.06.2020.Fal.60.04 raqamli Ilmiy kengash a’zosi;

Chirchiq davlat pedagogika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.04.2021. Ped.82.01 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligi bo‘yicha Ilmiy seminar a’zosi;

Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashi deputati;

Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashi Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘ycha doimiy komissiyasi a’zosi.

Telegramm akkaunti 
Davlat mukofotlari

“O‘zbekiston mustaqilligining 25 yilligi” esdalik nishoni (2016 y.)

“O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni (2022 y.)

“Ma’naviyat fidoiysi” ko‘krak nishoni (2023 y.)

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Fahriy yorlig‘i (2015 y., 2023 y.)

REKTORNING LAVOZIM VAZIFALARI:


 

O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va  farmoyishlari, Oliy majlis va Vazirlar Mahkamasining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini amalga oshirishni tashkil etish;

Yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatli, mustaqil fikrlashga qodir bo‘lgan, bozor sharoitida ishni tashkil etishning usullarini egallagan yuqori  ma’lumotli malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlash;

Davlat ta’lim standartlari asosida yuqori malakali kadrlar tayyorlashni tashkil etish;

Oliy ta’lim muassasasida O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da belgilangan vazifalar bajarilishini ta’minlash;  

Oliy ta’lim muassasasi tarkibiy tuzilmasidagi barcha bo‘linmalar vakolatlarini belgilab berish, faoliyatlarini rejalashtirish, muvofiqlashtirish, boshqarish, oliy ta’lim muassasasining boshqaruv lavozimlariga munosib kadrlarni tayyorlash, xodimlarni tanlash, rahbarlik lavozimiga tavsiya etish va ishga qabul qilish;

Xodimlarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish, ijtimoiy muhofazasini ta’minlash, intizomiy jazo choralarini qo‘llash;

Oliy ta’lim muassasalari daromadlari shakllantirilishi va ulardan samarali foydalanilishi ustidan nazorat qilish;

Ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, ularning samaradorligini oshirish va tadqiqotlarning natijalarini amaliyotga keng joriy etish, oliy ta’lim, fan va ishlab chiqarishning o‘zaro integratsiyasini ta’minlash;

Uzluksiz ta’lim tizimi uchun yangi avlod o‘quv adabiyoti yaratish konsepsiyasi talablariga muvofiq darsliklar va o‘quv-metodik adabiyotlar yaratilishi, tarjima qilinishi va nashr etilishini tashkil etish;

O‘quv-tarbiya jarayonida o‘qitishning ilg‘or shakllarini, shu jumladan, masofadan turib o‘qitish, yangi pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish;

Ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy ishlarga rahbarlik etish, xodimlar va talabalarda milliy g‘oyani shakllantirish;

Talabalikka, magistratura va stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchi izlanuvchilar institutiga qabul qilish, o‘qishdan chetlatish, tiklash, ichki tartibga rioya etilishini ta’minlash;

Professor-o‘qituvchilarning kasbiy malaka oshirishlarini ta’minlash;

Talabalar, stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar, ilmiy-pedagogik xodimlar uchun maishiy xizmat ko‘rsatish va boshqa turdagi sharoitlarni tashkil etish, ularning ijtimoiy himoyasini ta’minlash;

Fakultetlar va kafedralar faoliyati, o‘quv jarayoni, ma’ruzalar, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari, o‘quv va ishlab chiqarish amaliyotlari, boshqa turdagi mashg‘ulotlar sifatining doimiy nazorat etilishini ta’minlash;

Ta’lim muassasasida mutaxassislar tayyorlanadigan yo‘nalish va ixtisosliklar sohasining rivojlanish istiqbollarini aniqlashga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish (ilmiy-amaliy konferensiyalar o‘tkazish, xalqaro anjumanlarda ishtirok etish, axborot makonidan foydalanish sharoitlarini yaratish, fan-texnika, texnologiyalar rivojlanishiga taalluqli adabiyot, informasion materiallarni keltirish), buning asosida davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari, o‘quv adabiyotlarini takomillashtirib borishni ta’minlash, ilmiy izlanishlarni yo‘naltirib borish;

Marketing xizmatini rivojlantirib, ta’lim yo‘nalishi va ixtisosliklarga talab va ehtiyojni o‘rganishni, bitiruvchilarni amalda ishga joylashishi tahlilini, mutaxassislarni maqsadli tayyorlash borasida hamkorlik shartnomalari tuzishni tashkil etish;

Oliy ta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va rivojlantirish tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, oliy ta’lim muassasasi Ilmiy Kengashiga rahbarlik qilish, oliy ta’lim muassasasining tarkibiy tuzilishini takomillashtirish, tarkibiy bo‘linmalarini tashkil etish, tugatish, o‘zgartirish;

Xorijiy hamkorlar bilan ilmiy-ijodiy aloqalarni rivojlantirish, investisiya va grantlar jalb etilishini ta’minlash, qo‘shma korxona (kafedra, ilmiy markaz, ilmiy tadqiqotlar, loyihalar va h.k.)lar tashkil etish faoliyatini amalga oshirish;

Jamoat tashkilotlari, vasiylar kengashi va boshqa shu kabi nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlik faoliyatini olib borish;

Ta’lim jarayonini boshqarish bo‘yicha vakolatli organlar tomonidan belgilangan boshqa vazifalar ijrosini ta’minlash.