info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Новости

“Savodxon tashkilot — savodli jamiyat” shiori ostida ommaviy diktant oʻtkazildi

Namangan shahar hokimligi tashabbusi bilan Namangan davlat pedagogika institutida viloyat hokimligi, davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markazi viloyat boʻlinmasi, Oʻzbekiston jurnalistlar uyushmasi viloyat boʻlimi bilan hamkorlikda ommaviy diktant oʻtkazildi.

16 октября 2026 Новости 198 просмотров

“Savodxon tashkilot — savodli jamiyat” shiori ostida oʻtgan tadbirni viloyat hokimining maʼnaviyat va davlat tili masalalari boʻyicha maslahatchisi Iroda Qoʻchqorova ochib berdi va diktant ishtirokchilariga muvaffaqiyat tiladi.

Hokimlik vakillari, deputatlar, hokim yordamchilari, xotin-qizlar faollari, yoshlar yetakchilari, soliq xodimlari va jurnalistlar qatnashgan tadbirda ishtirokchilar lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini egallaganlik darajasini sinovdan oʻtkazdi.

21-oktyabr — Oʻzbek tili bayrami kuni oldidan oʻtkazilayotgan ommaviy diktant tadbirlari viloyatimiz shahar-tumanlari va korxona-tashkilotlarida ham davom etmoqda.

Источник: https://t.me/namspii

Поделиться статьёй
MOHIZAR ABDUG‘ANIYEVA
Maqola muallifi

MOHIZAR ABDUG‘ANIYEVA

Нашли ошибку? Выделите текст и нажмите Ctrl + Enter