info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Новости

Bitiruvchilar bandligi va tadbirkorlik tashabbuslari uchun yangi imkoniyatlar

Namangan shahrida tashkil etilgan “Kelajak tadbirkori–2026” kasb ko‘rgazmasida Namangan davlat pedagogika institutining O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori A.Abdunazarov, kafedra mudirlari hamda bitiruvchi talabalar ishtirok etdilar.

16 октября 2026 Новости 116 просмотров

Ko‘rgazma davomida institut vakillari tashkilot va korxonalar tomonidan taqdim etilgan bo‘sh ish o‘rinlari, amaliyot dasturlari, kasbga yo‘naltirish xizmatlari hamda yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari bilan tanishdilar.

100 dan ortiq tashkilot va korxona qatnashgan ko‘rgazma bitiruvchilar uchun ish beruvchilar bilan bevosita muloqot qilish, mehnat bozoridagi talablarni o‘rganish va kasbiy faoliyatini rejalashtirish imkonini yaratdi. 

Shuningdek, o‘z biznesini boshlash istagidagi yoshlarga tadbirkorlik tashabbuslarini amalga oshirishga doir taklif va xizmatlar taqdim etildi.

 

Источник: https://t.me/namspii

Поделиться статьёй
MOHIZAR ABDUG‘ANIYEVA
Maqola muallifi

MOHIZAR ABDUG‘ANIYEVA

Нашли ошибку? Выделите текст и нажмите Ctrl + Enter