info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Новости

Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati ko‘zdan kechirildi

Namangan davlat pedagogika institutida 2026/2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari izchil davom ettirilmoqda.

29 июля 2026 Новости 169 просмотров

Namangan davlat pedagogika institutida 2026/2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Institut rektori B. Xusanov yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holatini o‘rganish maqsadida o‘quv binolari, auditoriyalar, laboratoriyalar, o‘quv-amaliy xonalar hamda mavjud infratuzilma obyektlarini ko‘zdan kechirdi.

O‘rganish jarayonida auditoriyalarning yangi o‘quv yiliga tayyorligi, jihozlarning sozligi, xonalarning sanitariya holati, olib borilayotgan ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari, shuningdek, talabalar hamda professor-o‘qituvchilar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlarga alohida e’tibor qaratildi.

Mas’ullarga aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, o‘quv xonalarini zarur jihozlar bilan to‘liq ta’minlash hamda yangi o‘quv yilini yuqori saviyada boshlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Institutda talabalarning zamonaviy, qulay va sifatli ta’lim muhitida tahsil olishi uchun tayyorgarlik ishlari davom etmoqda.

Поделиться статьёй
BAXTIYOR YULDASHEV
Maqola muallifi

BAXTIYOR YULDASHEV

Markaz boshlig'i · Raqamli ta'lim texnologiyalari markazi

Нашли ошибку? Выделите текст и нажмите Ctrl + Enter