info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Новости

“Shukronalik” madaniy-ma’rifiy uchrashuvi o‘tkazildi

Tadbirda taniqli san’atkorlar, aktyorlar, shoir va yozuvchilar ishtirok etib, yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdilar.

14 августа 2026 Новости 203 просмотров

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Yangiqo‘rg‘on tumani Nanay madaniyat markazida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” bosh g‘oyasi asosida “Shukronalik” madaniy-ma’rifiy uchrashuvi tashkil etildi.

Tadbirda taniqli san’atkorlar, aktyorlar, shoir va yozuvchilar ishtirok etib, yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdilar.

Uchrashuvda Namangan davlat pedagogika instituti Falsafiy va tarixiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi Akbarov Raxmatillo Murtozali o‘g‘li ham ishtirok etdi.

U o‘z nutqida mustaqillik yillarida amalga oshirilgan islohotlar, Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti, ta’lim sohasidagi yangilanishlar hamda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida fikr bildirdi.

Mazkur uchrashuv Vatanga muhabbat, istiqlol ne’matlariga shukronalik va daxldorlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Поделиться статьёй
BAXTIYOR YULDASHEV
Maqola muallifi

BAXTIYOR YULDASHEV

Markaz boshlig'i · Raqamli ta'lim texnologiyalari markazi

Нашли ошибку? Выделите текст и нажмите Ctrl + Enter