Наманганский государственный педагогический институт
Источник: https://namspi.uz/ru/936
KITOBXONLIK TANLOVI: BILIM VA MUTOLAA BELLASHUVI
10 октября 2026
Namangan davlat pedagogika instituti akademik litseyida iqtidorli o‘quvchilar o‘rtasida kitobxonlik tanlovi tashkil etildi.
Tanlov davomida o‘quvchilar o‘zbek adabiyotining yorqin namoyandasi Cho‘lponning «Kecha va kunduz» romani yuzasidan tuzilgan test savollariga javob berib, asar mazmuni, qahramonlari va voqealar rivoji bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar.
Mazkur tanlov o‘quvchilarning badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishini oshirish, mutolaa madaniyatini rivojlantirish hamda mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qiladi.
📚 Kitobxon yoshlar — ma’rifatli kelajak bunyodkorlari!