Namangan davlat pedagogika instituti
Manbaa: https://namspi.uz/uz/1117
Oramizdagi iste'dodlar: Muvaffaqiyatga eltgan yo'l!
29 октябр 2026
Pedagogika fakulteti tyutori U. Odilova tashabbusi bilan 1-kurs talabalari uchun mazmunli va motivatsiyaga boy uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv mehmoni — oliygohimizning 3-kurs talabasi, nufuzli Abdulla Avloniy nomidagi davlat stipendiyasi sohibi Begoyim Varisova bo'ldi!
Stipendiyat talaba o'zining erishgan muvaffaqiyatlari, ilmiy va ijodiy izlanishlari hamda samarali o'qish sirlari bilan o'rtoqlashdi.
Oliy ta'limga endigina qadam qo'ygan 1-kurs talabalariga o'z vaqtini to'g'ri taqsimlash, iqtidorini namoyon etish va turli stipendiyalarga tayyorgarlik ko'rish bo'yicha qimmatli tavsiyalar berdi.
Talabalar o'zlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob oldilar.
"Intilish va mehnat bo'lsa, har bir talaba yuksak marralarni zabt eta oladi!"
Ushbu samarali uchrashuv 1-kurs talabalariga katta kuch va ilhom bag'ishladi.