Namangan davlat pedagogika instituti
Manbaa: https://namspi.uz/uz/1134
"OLTIN KUZ” — TABIAT GO‘ZALLIGI VA IJODIY TAFAKKUR UYĞUNLIGI
02 ноябр 2026
Pedagogika fakulteti Maktabgacha taʼlim yo‘nalişi 2-boşqich bakalavr talabalari hamda Maktabgacha taʼlim kafedrasi stajor-o‘qituvçisi Saodat Abdullajonova hamkorligida “Oltin kuz” mavzusida namunaviy oçiq maşg‘ulot taşkil etildi.
Maşg‘ulot davomida kuz faslining o‘ziga xos tabiiy xususiyatlari, tabiatdagi mavsumiy o‘zarişlar, kuz neʼmatlari va ularning inson hayotidagi ahamiyati pedagogik yondaşuv asosida yoritildi.
Oçiq dars jarayonida talabalarning nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan uyğunlaştiriş, mustaqil fikrlaş, ijodkorlik, kuzatuvçanlik va jamoada işlaş ko‘nikmalarini rivojlantirişga alohida eʼtibor qaratildi.
Maşg‘ulotda zamonaviy pedagogik metodlardan samarali foydalanildi:
“Aqliy hujum” — kuz fasli haqidagi bilim va tasavvurlarni faollaştiriş;
“Klaster” — kuz faslining belgilari va neʼmatlarini tizimlaştiriş;
“Muammoli vaziyat” — tabiatni aşraş va ekologik madaniyatga oid masalalarni muhokama qiliş;
“Guruhda işlaş” — hamkorlikda ijodiy topşiriqlarni bajariş;
“Sinkveyn” — kuz fasli haqidagi bilimlarni qişqa va mazmunli ifodalaş.
Şuningdek, ko‘rgazmali vositalar, tabiiy materiallar va ijodiy topşiriqlar orqali mavzuning mazmuni yanada boyitildi.
Oçiq maşg‘ulot yakunida talabalar o‘z bilim va ko‘nikmalarini namoyon etib, kelgusidagi pedagogik faoliyatlari uçun zarur bo‘lgan metodik tajribalarni egalladilar.
Bunday oçiq maşg‘ulotlar bo‘lajak maktabgacha taʼlim pedagoglarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantiriş, ilg‘or pedagogik tajribalarni ommalaştiriş hamda taʼlim jarayoniga innovatsion yondaşuvlarni tatbiq etişda muhim ahamiyat kasb etadi.