Namangan davlat pedagogika instituti
Manbaa: https://namspi.uz/uz/1146
OTA-ONA VA INSTITUT HAMKORLIGI — SIFATLI TA’LIM VA MUSTAHKAM TARBIYA GAROVI
04 ноябр 2026
Uchrashuv davomida talabalarning ta’lim-tarbiya jarayonidagi ishtiroki, mas’uliyati, intizomi hamda ota-ona va ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbirda institutning ichki tartib-qoidalari, Vazirlar Mahkamasining 149-son qarorining mazmun-mohiyati, shuningdek, institutning Odob-axloq kodeksi yuzasidan ota-onalarga batafsil tushunchalar berildi. Talabalarning huquq va majburiyatlari, ta’lim muassasasida belgilangan tartib-intizomga rioya etishi, yoshlarning ma’naviy-axloqiy fazilatlarini shakllantirishda oilaning o‘rni va mas’uliyati xususida fikr almashildi.
Uchrashuvda Namangan davlat pedagogika instituti rektori B. Xusanov ham ishtirok etib, ota-onalar bilan ochiq muloqot olib bordi. Rektor ota-onalarning fikr-mulohazalari va takliflarini tinglab, ularni qiziqtirgan masalalar yuzasidan suhbatlashdi.
Samimiy va ochiq muloqot ruhida o‘tgan uchrashuvda ta’lim sifati, yoshlar tarbiyasi, talabalar uchun munosib ta’lim muhitini yaratish hamda institut va oila o‘rtasidagi uzviy hamkorlikni rivojlantirish muhimligi ta’kidlandi.
Zero, barkamol avlod tarbiyasi — institut va oilaning mushtarak mas’uliyatidir!