Namangan davlat pedagogika instituti
Manbaa: https://namspi.uz/uz/1154
Mohir qo'llar – go'zal ijod
05 ноябр 2026
To'garak Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi tyutori M. Ro'zimatova tashabbusi bilan, Intellektual fanlar va axborot texnologiyalari kafedrasi o'qituvchisi, falsafa doktori (PhD) J. Muhitdinova hamkorligida institutning Kasb-hunarga o'rgatish markazida yo'lga qo'yildi.
To'garak mashg'ulotlarida talaba-qizlar tikuvchilikning asosiy sirlari, matoni to'g'ri tanlash va o'lchov olish, andoza (lekalo) tayyorlash, kesish hamda tikish kabi amaliy ko'nikmalarni o'rganadilar. Shuningdek, milliy va zamonaviy kiyimlarni tikish, kashtachilik va bezak elementlari bilan ishlash bo'yicha tajriba orttiradilar.
Tashabbusning asosiy maqsadi — talabalarda mehnatsevarlik, did-farosat va estetik zavq tuyg'usini shakllantirish, ularni kelajakda o'z kasbiga ega, mustaqil va tadbirkor shaxs bo'lib yetishishiga ko'maklashishdir. To'garakda o'zlashtirilgan malaka talabalarga bo'sh vaqtini foydali o'tkazish bilan birga, kelajakda o'z ishini boshlash imkonini ham beradi.
Mashg'ulotlar qiziqarli va amaliy tarzda olib borilmoqda. Talabalar o'z qo'llari bilan tikkan buyumlarni ko'rgazmalarda namoyish etish, tanlov va tadbirlarda ishtirok etish rejalashtirilgan.
Institut rahbariyati bunday tashabbuslar talabalarning ijodiy fikrlashi, qo'l mehnatiga hurmati va hayotiy ko'nikmalarini oshirishda muhim ahamiyatga ega ekanini ta'kidlaydi.