info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Yangiliklar Hamkorlik

PROFESSOR-O'QITUVCHILAR MAKTABLARGA TASHRIF BUYURDI

Namangan davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti Boshlang‘ich ta’lim innovatsiyalari kafedrasi professor-o‘qituvchilari — F.Z.Xusanova va R.G.Alimqulovalar Namangan tumanidagi 7-sonli va 28-sonli umumta’lim maktabiga tashrif buyurib, maktablardagi muammolarni o‘rganildi.

09 ноябр 2026 Hamkorlik 16 marta ko‘rilgan

 Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga metodik yordam, milliy sertifkatga va atestatsiyaga tayyorlash bo‘yicha amaliy yordam berish masalalari yuzasidan o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari D.Bo‘riyev va U.Jo‘rayevlar bilan suhbat olib borildi. Mazkur hamkorlik vaziyatni barqarorlashtirish hamda yangicha yondashuvlar asosida ish tashkil etish yuzasidan belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazildi.
Maktab va Oliy ta’lim  hamkorligi davomida ta’lim tizimi uzviyligini mustahkamlash, maktab o‘qituvchilari hamda o‘quvchilarning ilmiy - intellektual salohiyatini oshirish va ularni oliy ta’limga ongli ravishda yo‘naltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 
Xususan, interfaol metodlarning ta’lim samaradorligini oshirishdagi ahamiyati, o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, ijodiy yondashuv va jamoada ishlash kompetensiyalarini shakllantirishdagi o‘rni amaliy misollar asosida tushuntirildi.
Shuningdek, bitiruvchi sinf o‘quvchilariga oliy ta’lim muassasasida mavjud ta’lim yo‘nalishlari, qabul jarayonlari, yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar, ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyat imkoniyatlari hamda talabalarga berilayotgan imtiyozlar haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.

Manbaa: https://t.me/namspii

Maqolani ulashing
MOHIZAR ABDUG‘ANIYEVA
Maqola muallifi

MOHIZAR ABDUG‘ANIYEVA

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl + Enter bosing