info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Yangiliklar O‘quv-ilmiy metodik markazlar faoliyati

Namangan davlat pedagogika institutida "Kimyogar" to‘garagi faoliyati davom etmoqda

Namangan davlat pedagogika institutida "Kimyogar" to‘garagining navbatdagi mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi. E’lonimizga befarq bo‘lmagan yosh tadqiqotchilar to‘garak faoliyatida faol ishtirok etmoqda.

10 ноябр 2026 O‘quv-ilmiy metodik markazlar faoliyati 28 marta ko‘rilgan

Mashg‘ulot davomida ishtirokchilar nazariy bilimlarni mehnatsevarlik bilan amaliyotga tatbiq etishdi: jamoaviy tahlillar o‘tkazildi, kimyoviy tajribalar bajarildi, savol-javoblar qizg‘in kechdi.
To‘garak yoshlarda ilmiy tafakkurni shakllantirish, tajriba o‘tkazish ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda tadqiqotchilik qobiliyatini oshirishga xizmat qiladi. Bunday mashg‘ulotlar talabalarning kimyo faniga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirib, ularni kelajakda ilmiy maqola va innovatsion loyihalar tayyorlashga undaydi.
Ilm-fan olamiga sho‘ng‘igan yoshlarimizning jarayondagi ishtiyoqini suratlar ham yaqqol ko‘rsatib turibdi.
Biz bilan birga o‘rganishda davom eting!

Manbaa: https://t.me/namspii

Maqolani ulashing
MOHIZAR ABDUG‘ANIYEVA
Maqola muallifi

MOHIZAR ABDUG‘ANIYEVA

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl + Enter bosing