info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Madaniy-ma'rifiy tadbirlar Ochiq darslar

NAMANGAN DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA OCHIQ DARS TASHKIL ETILDI

11-noyabr kuni Namangan davlat pedagogika institutining O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi DU-26 guruhida “Nutq madaniyati va tilning tasviriy vositalari” mavzusida ochiq dars tashkil etildi. Mashg‘ulot Filologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi Ibragimova Iroda Artikmashrabovna tomonidan olib borildi.

11 ноябр 2026 Ochiq darslar 9 marta ko‘rilgan

11-noyabr kuni Namangan davlat pedagogika institutining O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi DU-26 guruhida “Nutq madaniyati va tilning tasviriy vositalari” mavzusida ochiq dars tashkil etildi. Mashg‘ulot Filologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi Ibragimova Iroda Artikmashrabovna tomonidan olib borildi. 

Ochiq dars davomida talabalarga nutq madaniyatining mazmun-mohiyati, tilning tasviriy vositalari, ularning og‘zaki va yozma nutqdagi o‘rni hamda ifoda imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Mashg‘ulot jarayonida mavzuga oid nazariy bilimlar amaliy misollar bilan mustahkamlanib, talabalar bilan o‘zaro fikr almashish va faol ishtirokni ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi.

Ochiq dars talabalarning nazariy bilimlarini boyitish, mustaqil fikrlash va nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qildi.


 


 

Maqolani ulashing
ODINA YUSIFJANOVA
Maqola muallifi

ODINA YUSIFJANOVA

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl + Enter bosing