Namangan davlat pedagogika instituti
Manbaa: https://namspi.uz/uz/1202
Ijara honadonlariga tashrif
11 ноябр 2026
Tashrif davomida talabalarning yashash sharoitlari, xonadonlarning sanitariya-gigiyena holati, isitish tizimi, elektr va gaz jihozlaridan foydalanish xavfsizligi o‘rganildi. O‘rganish davomida talabalarga xavfsizlik qoidalariga amal qilish, ya'ni isitish tizimi xususan gaz va elektr jixozlaridan to'g'ri foydalanish, xonadonlarni ozoda saqlash, ijara beruvchilar bilan o‘zaro ijara shartnomasini tuzish va xonadon egalari bilan hurmat asosida munosabatda bo‘lish, ijara xonadonlarida tinchlik va osoyishtalikni saqlashi bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Bunday tashriflar talabalarning yashash sharoitlarini nazorat qilish, ularni qo‘llab-quvvatlash va mavjud muammolarni o'rganib, o‘z vaqtida aniqlash hamda muammolarni bartaraf qilishga xizmat qiladi.