Namangan davlat pedagogika instituti
Manbaa: https://namspi.uz/uz/1214
Namangan davlat pedagogika institutining 2022–2027-yillarga mo‘ljallangan Strategik rivojlanish rejasi
13 ноябр 2026
Namangan, 2022
Namangan davlat pedagogika instituti 2022–2027-yillarga mo‘ljallangan Strategik rivojlanish rejasini e’lon qiladi. Hujjatning maqsadi institut tashkil topishidan boshlangan rivojlanish ishlarini yagona tizimga birlashtirish, pedagogik ta’limning natijadorligini oshirish hamda 2027-yilda davlat va xalqaro akkreditatsiya jarayonlariga tayyorlikni ta’minlashdir.
Reja 2022/2023–2026/2027-o‘quv yillarini qamrab oladi va quyidagi asosiy yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi:
institutsional boshqaruv;
o‘quv jarayoni va ta’lim dasturlari;
pedagogik amaliyot va hududiy hamkorlik;
ilmiy faoliyat va kadrlar;
ta’lim sifati;
ma’naviy-ma’rifiy va ijtimoiy ishlar;
xalqaro hamkorlik;
moddiy-texnik baza va raqamlashtirish;
moliyaviy barqarorlik.
Har bir yo‘nalish bo‘yicha strategik vazifalar, ularni amalga oshirish mexanizmi, muddati, mas’ul bo‘linmalar va natija dalillari belgilangan. Rejaning ijrosi asosiy samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI), davriy monitoring va yillik hisobot orqali baholab boriladi.📄 NamDPI_Strategik_reja_2022-2027. Tasdiqlangan.docx.pdf