info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Yangiliklar

Yangiqo‘rg‘ondagi “Qizil hudud” maktablarida metodik yordam ko‘rsatildi

Namangan davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakulteti Intellektual fanlar va axborot texnologiyalari kafedrasi professor-o‘qituvchilari M.Eshnazarova,Sh.Tursunova,M.Ibrohimov,G.Xusayinova,D.Sodirova,N.Xudayberdiyev,Yu. Mamatoxunovalar tomonidan Yangiqo‘rg‘on tumanidagi “Qizil hudud”ga kiritilgan 64- umumta’lim maktablariga tashrif amalga oshirildi.

15 ноябр 2026 Yangiliklar 9 marta ko‘rilgan

Tashrifdan asosiy maqsad mazkur ta’lim muassasalarida mavjud ta’lim-tarbiya jarayonining holatini o‘rganish, o‘quvchilarning bilim olish samaradorligini oshirish, pedagogik jamoaga metodik ko‘mak ko‘rsatish hamda ta’lim sifatini yaxshilashga qaratilgan amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat bo‘ldi.
Tashrif davomida kafedra professor-o‘qituvchilari maktab rahbariyati va pedagogik jamoa bilan uchrashib, ta’lim muassasalarida mavjud muammolar, o‘quvchilarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari, dars mashg‘ulotlarini tashkil etish sifati hamda ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.
Shuningdek, o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish, darslarda interfaol metodlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsion ta’lim vositalaridan samarali foydalanish bo‘yicha metodik tavsiyalar berildi. O‘quvchilarning fanlarga bo‘lgan qiziqishini oshirish, mustaqil fikrlash, ijodiy yondashuv va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.
Yutuqlar bilan bir qatorda quyidagi kamchilik ham aytib o’tildi.
-maktab o’qituvchilar soatini kamligi;
-maktabda  yuqori toifali  o’qituvchilar  yetishmasligi;
-ota-onalarni oliy ta’limga  farzandlarini yubormasligi;
-qizlarni erta turmushga bering;
-moddiy texnik bazani yetishmasligi;
-
Uchrashuv jarayonida maktablarda ta’lim sifatini yaxshilash, o‘quvchilar davomati va o‘zlashtirish darajasini oshirish, ota-onalar bilan hamkorlikni kuchaytirish hamda pedagogik faoliyat samaradorligini ta’minlash yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.
Mazkur tashrif oliy ta’lim muassasasi va umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, maktablardagi mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etishda ilmiy-metodik salohiyatdan foydalanish nuqtayi nazaridan muhim ahamiyat kasb etdi.
Xulosa qilib aytganda, Yangiqo‘rg‘on tumanidagi 64-sonli umumta’lim maktabiga amalga oshirilgan tashrif ta’lim sifatini oshirish, pedagogik jamoani qo‘llab-quvvatlash va o‘quvchilarning bilim olish samaradorligini yuksaltirishga qaratilgan hamkorlikning muhim bosqichi bo‘ldi. Kelgusida ham mazkur maktablar bilan tizimli hamkorlikni davom ettirish, metodik yordam ko‘rsatish va ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish bo‘yicha amaliy ishlarni olib borish rejalashtirildi.
                            Ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha:
-Har bir fan kesimida o‘quvchilarning bilim darajasini diagnostik tahlil qilish.
-Past o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar bilan individual ishlash tizimini yo‘lga qo‘yish.
-Har bir sinfda fanlar bo‘yicha qo‘shimcha mashg‘ulotlar va konsultatsiyalar tashkil etish.
-Ona tili, matematika, tabiiy fanlar va xorijiy tillar bo‘yicha bilimlarni mustahkamlash.
-Har oyda diagnostik testlar o‘tkazib, natijalarni monitoring qilish.
              O‘qituvchilarning kasbiy mahoratini rivojlantirish:
-O‘qituvchilar uchun mahorat darslari va seminar-treninglar tashkil etish.
-Ilg‘or pedagogik tajribaga ega o‘qituvchilarni mentor sifatida biriktirish.
-Darslarda interfaol metodlar, STEAM, loyiha asosida o‘qitish va raqamli texnologiyalardan foydalanishni kengaytirish.
-Ochiq darslar va o‘zaro dars kuzatuvlarini tizimli yo‘lga qo‘yish.
-Yosh o‘qituvchilar uchun tajribali pedagoglardan iborat metodik ko‘mak guruhlarini shakllantirish.
                          Ma’naviy-ma’rifiy va psixologik muhitni yaxshilash:
-Maktab psixologi faoliyatini kuchaytirish.
-O‘quvchilar o‘rtasida sog‘lom ijtimoiy-psixologik muhitni shakllantirish.
-Ota-onalar bilan muntazam hamkorlik uchrashuvlarini tashkil etish.
-Davomatida muammosi bo‘lgan o‘quvchilar va ularning oilalari bilan manzilli ishlash.
-Kitobxonlik, vatanparvarlik va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni ko‘paytirish.
                         Oliy ta’lim muassasasi bilan hamkorlikni kuchaytirish:
-Namangan davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilarini maktablarga fanlar kesimida metodik maslahatchi sifatida biriktirish.
-Har oyda fanlar bo‘yicha mahorat darslari tashkil etish.
-Talabalarning pedagogik amaliyotini maktablardagi ta’lim sifatini oshirishga yo‘naltirish.
-Zamonaviy pedagogik texnologiyalar bo‘yicha amaliy seminarlar o‘tkazish.
-Maktab o‘qituvchilari uchun ilmiy-metodik qo‘llanmalar va dars ishlanmalarini tayyorlash.

Manbaa: https://t.me/namspii

Maqolani ulashing
MOHIZAR ABDUG‘ANIYEVA
Maqola muallifi

MOHIZAR ABDUG‘ANIYEVA

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl + Enter bosing