Namangan davlat pedagogika instituti
Manbaa: https://namspi.uz/uz/1239
NAMANGAN DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI ART PEDAGOGIKA KAFEDRASI PROFESSOR-ÖQITUVÇILARI IŞTIROKIDA SEMINAR-KONSERT ÖTKAZILDI
16 ноябр 2026
2026-yil 16-noyabr kuni Namangan davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakulteti Art pedagogika kafedrasi professor-öqituvçilari Ğ. Toşmatov va Ş. Abduraimov Namangan şahridagi 57-sonli umumiy örta ta’lim maktabida taşkil etilgan seminar-konsertda iştirok etdilar. Tadbir musiqa ta’limi yönalişi sirtqi ta’lim shaklining 4-bosqiç talabasi Bahodir Mirzayev tomonidan taşkil etildi.
Dastlab, mehmonlar maktab rahbariyati va pedagogik jamoasi bilan tanişib, musiqa san’atini rivojlantiriş borasida yaratilgan şart-şaroitlar haqida ma’lumot oldilar.
Tadbir davomida maktabda tahsil olayotgan iqtidorli öquvçilarning yutuqlari ham alohida e’tirof etildi. Jumladan, 10-sinf öquvçisi Ikramova E’zozaxonning fortepiano ijroçiligi yönalişida şahar, viloyat, respublika va xalqaro körik-tanlovlarda faxrli örinlarni egallab kelayotgani ta’kidlandi. Uning ustozi Bahodir Mirzayev bilan olib borayotgan ustoz-şogird faoliyati tahsinga loyiq ekani qayd etildi.
Şuningdek, Namangan davlat pedagogika instituti va 11-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi örtasidagi hamkorlik doirasida 57-sonli maktabning iqtidorli öquvçilari cholğu ijroçiligi böyiça qöşimça maşğulotlarga jalb etilayotgani, bu esa ularning bilim va ijroçilik mahoratini rivojlantirişga xizmat qilayotgani aytib ötildi.
Seminar-konsert doirasida Ikramova E’zozaxon ustozi Bahodir Mirzayev rahbarligida tayyorlagan ilk yakkaxon konsertini namoyiş etdi. «Kuz fasli ohanglari» deb nomlangan konsert dasturida öquvçi özbek milliy kuylari hamda Yevropa klassik musiqasi namunalarini jonli ijro etib, tomoşabinlarda katta taassurot qoldirdi.
Mazkur tadbir musiqa ta’limi yönalişi talabalariga ham konsert taşkil etiş va ötkaziş tajribasini örganiş, hamda ijroçilik mahoratini namoyiş etiş nuqtayi nazaridan muhim amaliy maşğulot böldi.
Seminar yakunida Art pedagogika kafedrasi katta öqituvçisi Ğ. Toşmatov sözga çiqib, tadbir yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirdi. Şuningdek, umumta’lim maktablarida musiqa fanlarini innovatsion yondaşuvlar asosida öqitiş metodlari va maktabdan taşqari ta’limning ahamiyati haqida töxtalib, iştirokçilarga tavsiyalar berdi.