Namangan davlat pedagogika instituti
Manbaa: https://namspi.uz/uz/1255
2027-YIL UCHUN OLIY TA'LIMDAN KEYINGI TA'LIMGA KIRISH IMTIHONLARI
19 ноябр 2026
Namangan davlat pedagogika institutida 2027-yil uchun doktorantura (DSc), tayanch doktorantura (PhD) va maqsadli tayanch doktorantura (PhD)ga kirish imtihonlarini o‘tkazish reja-grafigi hamda baholash mezonlari e’lon qilinmoqda.
Biriktirilgan hujjatlar orqali talabgorlar mutaxassislik fanidan o‘tkaziladigan imtihon va suhbat jarayonlarini baholash tartibi va mezonlari, shuningdek, imtihonlarning o‘tkazilish sanasi, vaqti hamda manzillari bilan tanishib olishlari mumkin.
Barcha talabgorlardan biriktirilgan hujjatlarni diqqat bilan o‘rganib chiqishlari hamda imtihon va suhbat jarayonlarida belgilangan sana, vaqt va manzillarga muvofiq ishtirok etishlari so‘raladi.
Eslatma: Har bir talabgor imtihon boshlanishidan 10–20 daqiqa oldin belgilangan joyga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishi shart. Talabgorlar reja-grafikda belgilangan kunda va vaqtda ishtirok etishlari lozim. Belgilangan vaqtda imtihon jarayonida ishtirok etmagan talabgorlarga qayta imtihon topshirish imkoniyati berilmaydi.
Namangan davlat pedagogika institutiga 2027-yil uchun doktorantura (DSc), tayanch doktorantura (PhD) va maqsadli tayanch doktorantura (PhD)ga kirish imtihonlari dasturlari.
Institut manzili: Namangan shahar Uychi ko'chasi 316-uy.
Institut web-sayti: https://www.namspi.uz/
📎 NamDPI_2027_yil_uchun_oliy_talimdan_keyingi_talim_talabgorlari.pdf 📎 NamDPI 2027-yil uchun doktorantura baholash mezonlari..pdf 📎 2027_yil_NamDPI_Oliy_talimdan_keyingi_talim_imtihon_dasturlari.rar