Namangan davlat pedagogika instituti
Manba havolasi: https://namspi.uz/uz/765
Institut solnomasi nashr etildi
26 август 2026
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan Namangan davlat pedagogika institutining 2022–2026-yillardagi faoliyati, erishilgan natijalari va muhim tarixiy voqealarini o‘zida mujassam etgan “Solnoma” nashr etildi.
Mazkur nashrda institut tashkil etilgan dastlabki kunlardan boshlab bugungi kungacha amalga oshirilgan o‘quv, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy, xalqaro, innovatsion hamda bunyodkorlik ishlari, shuningdek, professor-o‘qituvchilar va talabalar erishgan muhim yutuqlar tarixiy izchillikda yoritilgan.
Solnomada institut taraqqiyotining o‘ziga xos bosqichlari — “Tiklanish”, “Rivojlanish”, “Taraqqiyot” va “Yuksalish” yillari misolida jamoaning izlanishlari, mehnati va yangi marralar sari intilishi aks ettirilgan.