Namangan davlat pedagogika instituti
Manbaa: https://namspi.uz/uz/791
Talaba — Yangi O‘zbekiston umidi
18 сентябр 2026
Namangan davlat pedagogika instituti tomonidan Namangan viloyati musiqali drama teatrida 1-bosqich talabalariga bag‘ishlangan “Talaba — Yangi O‘zbekiston umidi!” nomli tantanali talabalikka bag‘ishlov tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda institut rahbariyati, talabalar hamda mehmonlar ishtirok etdilar.
Tantanali marosim O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi bilan boshlandi. Madhiyadan so‘ng zalda o‘zgacha ko‘tarinki ruh, faxr va hayajon hukm surdi.
Ayniqsa, hayotining yangi bosqichiga qadam qo‘yayotgan 1-bosqich talabalarining yuzidagi quvonch, hayajon va kelajakka bo‘lgan katta ishonch tadbirga alohida fayz bag‘ishladi.
Ular uchun bu kun talabalik hayotining ilk unutilmas sahifalaridan biri bo‘ldi.