Namangan davlat pedagogika instituti
Manbaa: https://namspi.uz/uz/817
🏆PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR O‘RTASIDA INTELLEKTUAL OLIMPIADA!
28 сентябр 2026
📆1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan professor-o‘qituvchilar o‘rtasida Intellektual olimpiada tashkil etiladi!
🎯Maqsad — jamoada sog‘lom raqobat muhitini yaratish, intellektual salohiyatni namoyon etish va bayramni ko‘tarinki ruhda nishonlash.
🧠 Olimpiada ishtirokchilarga o‘z bilim, mantiqiy fikrlash va strategik qobiliyatlarini namoyish etish imkonini beradi.
🔹Olimpiada yo‘nalishlari:
♟Shaxmat — Strategiya, diqqat va sabr sinovi!
🔘Shashka — Fikrlash va tezkorlik sinovi!
🏆“Zakovat” — Bilim, tezkor fikrlash va jamoaviy hamjihatlik bellashuvi!
💰G'oliblar institutning Kasaba uyushmasi tomonidan sovg'alar bilan taqdirlanadi.
✨Barchangizni intellektual olimpiadada kutib qolamiz!
📆28-Setanbr kuni
⏰soat 14:30 da
📍Maktabgacha, boshlang‘ich va pedagogika oliy maktabi binosida