info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
E'lonlar

Tanlov Qatag‘on qurbonlarining hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan ilmiy maqolalar tanlovida ishtirok eting

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan jadidchilik harakati va qatag‘on qurbonlari hayoti hamda faoliyatini chuqur o‘rganish, qatag‘on qurbonlarining mamlakat taraqqiyoti, ilm-fan, ta’lim va madaniyat rivojiga qo‘shgan hissasini keng targ‘ib etish, talaba-yoshlarning ilmiy-tadqiqotchilik ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularda ma’naviy meros va vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash, qo‘llab-quvvatlash va ilmiy salohiyatini rag‘batlantirish maqsadida qatag‘on qurbonlarining hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan ilmiy maqolalar, yozma mulohazalar tanlovi e'lon qilinmoqda.

30 сентябр 2026 E'lonlar 14 marta ko‘rilgan

#Tanlov

Qatag‘on qurbonlarining hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan ilmiy maqolalar tanlovida ishtirok eting

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan jadidchilik harakati va qatag‘on qurbonlari hayoti hamda faoliyatini chuqur o‘rganish, qatag‘on qurbonlarining mamlakat taraqqiyoti, ilm-fan, ta’lim va madaniyat rivojiga qo‘shgan hissasini keng targ‘ib etish, talaba-yoshlarning ilmiy-tadqiqotchilik ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularda ma’naviy meros va vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash, qo‘llab-quvvatlash va ilmiy salohiyatini rag‘batlantirish maqsadida qatag‘on qurbonlarining hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan ilmiy maqolalar, yozma mulohazalar tanlovi e'lon qilinmoqda.

🗣 Tanlovda institutda tahsil olayotgan bakalavriat bosqichi talabalari ishtirok etishlari mumkin hamda tanlov uchun materiallar (o‘zbek, rus yoki ingliz tillarida)
kompyuter Word dasturida, Times New Roman shriftida yozilgan bo‘lishi hamda matnlar ilmiy, texnik, stilistik tahrir qilingan bo‘lishi shart

🟢Ilmiy ishlarga qo‘yiladigan talablar
➡Ilmiy maqola hajmi: 5–10 bet;
➡Times New Roman, 14 shrift; 1,5 interval;
➡barcha havolalar manbalar bilan rasmiylashtirilgan bo‘lishi;
➡plagiat darajasi 20 foizdan oshmasligi;
➡avval nashr etilmagan bo‘lishi lozim.

Yozma mulohaza (esse)
➡2–4 bet;
➡muallifning mustaqil fikri asosida yozilishi;
➡mavzudan chetga chiqmasligi;
➡adabiy til me’yorlariga rioya qilinishi lozim

✅ Tanlov nizomi bilan tanishish

✍️ Maqolalar joriy yilning 4-oktabr kuniga qadar quyidagi telegram manzillari orqali qabul qilinadi: 
🟢 @Tursunov_Ramziddin
🔵 @Doniyorbek_Maxkamov

✅Ma'lumot uchun, tanlov g‘oliblari budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan 1-o‘rin uchun bazaviy stipendiya miqdorining 4 baravari, 2-o‘rin uchun bazaviy stipendiya miqdorining 3 baravari, 3-o‘rin uchun bazaviy stipendiya miqdorining 2 baravari miqdorida pul mukofoti, mos darajali diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishadi.

Manbaa: https://t.me/namspii

Maqolani ulashing
MOHIZAR ABDUG‘ANIYEVA
Maqola muallifi

MOHIZAR ABDUG‘ANIYEVA

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl + Enter bosing