info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Yangiliklar

Filologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘quv-metodik markaz faoliyati o‘rganildi

Namangan davlat pedagogika instituti Filologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan Chortoq tumanida joylashgan institutning o‘quv-metodik markazi sifatida faoliyat olib borayotgan 9-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tashrif amalga oshirildi.

03 октябр 2026 Yangiliklar 10 marta ko‘rilgan



Namangan davlat pedagogika instituti Filologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan Chortoq tumanida joylashgan institutning o‘quv-metodik markazi sifatida faoliyat olib borayotgan 9-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tashrif amalga oshirildi.

Tashrif davomida maktabdagi ta’lim jarayonining tashkil etilishi, o‘quv-metodik ishlarning yo‘lga qo‘yilishi hamda fanlarni o‘qitish samaradorligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi. Xususan, ona tili va adabiyot fanlarini o‘qitish metodikasi, dars mashg‘ulotlarini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish, o‘quvchilarning mustaqil fikrlash va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, tashrif davomida professor-o‘qituvchilar hamda maktabning fan o‘qituvchilari o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish, ilg‘or pedagogik tajribalarni ommalashtirish va ta’lim sifatini yanada oshirish bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi. Maktabda ta’lim jarayonini samarali tashkil etish, o‘quvchilarning fanlarga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda zamonaviy metodlardan foydalanish yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.

Tashrifning ilmiy yo‘nalishida esa maktab o‘qituvchilarining ilmiy-metodik faoliyatini rivojlantirish, ilmiy maqola va tezislar tayyorlash, ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etish hamda oliy ta’lim muassasasi va umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘rtasidagi ilmiy-amaliy hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida professor-o‘qituvchilar tomonidan maktab pedagoglariga metodik va ilmiy yo‘nalishlarda amaliy ko‘mak ko‘rsatish, kelgusida hamkorlikda seminarlar, ochiq darslar, mahorat mashg‘ulotlari va ilmiy-metodik tadbirlarni muntazam tashkil etish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.

Mazkur tashrif Namangan davlat pedagogika instituti hamda umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, ta’lim jarayoniga ilg‘or pedagogik tajribalarni tatbiq etish, o‘qituvchilarning kasbiy va ilmiy salohiyatini oshirish hamda ta’lim sifatini yuksaltirishga xizmat qiladi.

Manbaa: https://t.me/namspii

Maqolani ulashing
MOHIZAR ABDUG‘ANIYEVA
Maqola muallifi

MOHIZAR ABDUG‘ANIYEVA

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl + Enter bosing