info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Yangiliklar

TALABALAR UCHUN HAFTALIK KITOBXONLIK TANLOVI

Talabalar o‘rtasida haftalik kitobxonlik tanlovi tashkil etilmoqda. Tanlov kitob mutolaasiga qiziqadigan, o‘z bilimini sinab ko‘rishni va yangi bilimlar olishni istagan talabalar uchun mo‘ljallangan.

05 октябр 2026 Yangiliklar 13 marta ko‘rilgan

Har hafta ishtirokchilarga bitta badiiy asar tavsiya etiladi. Ishtirokchilar asarni o‘zlariga qulay shaklda o‘zlashtirishlari mumkin:
Mutolaa platformasi orqali o‘qish;
Audio shaklda tinglash.
Asosiysi, asarni diqqat bilan o‘rganish va yakuniy testga puxta tayyorgarlik ko‘rish.
Tanlovning ilk asari
Tanlovning birinchi kitobi — buyuk qirg‘iz adibi Chingiz Aytmatovning «Birinchi muallim» qissasi.
Ishtirok etish tartibi
Tanlovda ishtirok etish uchun murojaat qilish.
«Birinchi muallim» asarini o‘qish yoki audio shaklda tinglash.
Belgilangan vaqtda Telegram Quiz Bot orqali test topshirish.
O‘z natijangizni ko‘rsatish va bilim darajangizni sinab ko‘rish.



Tanlovda faol ishtirok etgan hamda yuqori natijalarga erishgan ishtirokchilarga sertifikat va diplom olish imkoniyati taqdim etiladi.
 

Manbaa: https://t.me/namspii

Maqolani ulashing
MOHIZAR ABDUG‘ANIYEVA
Maqola muallifi

MOHIZAR ABDUG‘ANIYEVA

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl + Enter bosing