Namangan davlat pedagogika instituti
Manbaa: https://namspi.uz/uz/872
“YOSHLAR ORASIDA GIYOHVANDLIK VA PSIXOTROP MODDALARNING TARQALISHIGA QARSHI KURASHISH” OYLIGI DOIRASIDA DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI
05 октябр 2026
Tadbirda Namangan davlat pedagogika institutining Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori A. Isoqboyev, ijtimoiy-ma’naviy muhitni barqarorlashtirish masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi M. Xodjayev, bo‘lim boshlig‘i M. Nabijonov hamda profilaktika inspektori S. Ahmadjonov ishtirok etdi.
Davra suhbatida yoshlar o‘rtasida giyohvandlik va psixotrop moddalarni iste’mol qilishning oldini olish, bunday illatlarning inson salomatligi, ruhiy holati, ta’lim olishi, oilaviy munosabatlari va kelajagiga salbiy ta’siri haqida atroflicha tushuntirishlar berildi. Yoshlar ongida giyohvandlikning oqibatlari to‘g‘risida aniq va to‘g‘ri tasavvurni shakllantirish, ularni bunday zararli illatlardan himoya qilish hamda sog‘lom hayot tarziga yo‘naltirish muhim vazifa ekani ta’kidlandi.
Shuningdek, yoshlarni turli zararli odatlardan asrash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sport, kitobxonlik, madaniy-ma’rifiy va ijodiy faoliyatga keng jalb etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yoshlarning huquqiy va tibbiy savodxonligini oshirish, turli salbiy ta’sirlarga nisbatan mustahkam immunitetini shakllantirish hamda muammoli vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish yuzasidan tavsiyalar berildi.
Tadbir davomida giyohvandlik va psixotrop moddalar bilan bog‘liq huquqbuzarliklarning huquqiy oqibatlari, bunday holatlarning oldini olishda yoshlarning hushyorligi va mas’uliyatli yondashuvi muhimligi haqida ham fikr almashildi. Talabalarga turli shubhali taklif va ta’sirlarga berilmaslik, o‘z salomatligi va kelajagiga befarq bo‘lmaslik, zarur hollarda ota-ona, ustozlar yoki tegishli mutaxassislarga murojaat qilish tavsiya etildi.
Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mutaxassislardan giyohvandlikning oldini olish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda turli salbiy holatlardan himoyalanish bo‘yicha batafsil javob va tavsiyalar oldilar.
Zero, sog‘lom yoshlar — sog‘lom jamiyat va farovon kelajak poydevoridir.