Namangan davlat pedagogika instituti
Manbaa: https://namspi.uz/uz/877
TALABALAR IJARA XONADONIGA TASHRIF
05 октябр 2026
Tashrif davomida talabalarning yashash sharoiti, xavfsizligi, ta’lim olishi, sog‘lom turmush tarziga rioya qilishi, shuningdek, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishi bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratildi.
Talabalar bilan samimiy suhbat o‘tkazilib, ularning kundalik hayoti, ta’lim jarayonidagi faolligi, yashash sharoitlari hamda mavjud muammo va takliflari o‘rganildi. Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va tushuntirishlar berildi.
Bunday tashriflar talabalarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda ta’lim olishi va yashashi uchun qulay sharoitlarni ta’minlashga xizmat qilmoqda.
Talabalar bilan ishlash, ularning muammolarini o‘rganish va amaliy ko‘mak ko‘rsatish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.