Namangan davlat pedagogika instituti
Manbaa: https://namspi.uz/uz/878
BADIIY KITOBLAR ASOSIDA SAVOL-JAVOBLAR O‘TKAZILDI
05 октябр 2026
Jarayon davomida talabalarga o‘qilgan badiiy asarlarning mazmun-mohiyati, mualliflari, asosiy qahramonlari, muhim voqealari hamda asarlarda ilgari surilgan g‘oyalar yuzasidan turli savollar berildi.
Savol-javoblarda talabalar o‘zlarining bilimi, xotirasi, mustaqil fikrlashi, asar mazmunini tahlil qilish va o‘z fikrini erkin ifodalash ko‘nikmalarini namoyon etdilar.
Jarayon yakunida kitob mutolaasiga qiziqishi yuqori, bilimli, faol va ijodiy fikrlaydigan talabalar aniqlandi. Ularning intellektual salohiyatini yanada rivojlantirish, kitobxonlik tanlovlarida faol ishtirokini ta’minlash hamda iqtidorini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan tavsiyalar berildi.
📖 Bunday kitobxonlikka yo‘naltirilgan tadbirlar yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, mutolaa muhitini mustahkamlash va ularning ma’naviy-intellektual salohiyatini yuksaltirishga xizmat qiladi.