info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Yangiliklar

MAHALLA VA OLIY TA’LIM HAMKORLIGI YANGI BOSQICHDA

Bugungi kunda ta’lim va tarbiya bir-biridan ajralmas, o‘zaro uzviy bog‘liq jarayon sifatida qaralmoqda. Oliy ta’lim muassasasi yoshlarni bilimli va kasbiy jihatdan yetuk mutaxassis sifatida tayyorlasa, mahalla ularning ma’naviy-axloqiy kamolotida muhim ijtimoiy muhit vazifasini bajaradi.

06 октябр 2026 Yangiliklar 29 marta ko‘rilgan

Shu bois oliy ta’lim muassasasi va mahalla hamkorligini yanada mustahkamlash, yoshlar bilan ishlashda o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Shu maqsadda Namangan davlat pedagogika instituti Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tyutorlari M. Ruzimatova va K. Nasriddinova tomonidan mahalla fuqarolar yig‘ini raisi T. Eraliyev bilan hamkorlikda uchrashuv va suhbat tashkil etildi.

Suhbat davomida ijara xonadonlarida istiqomat qilayotgan talabalar bilan bog‘liq masalalar, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishi, yashash xonadonlarida yaratilgan sharoitlar, mahalladagi ijtimoiy muhit, yoshlarning o‘zaro munosabatlari, shuningdek, kiberjinoyatchilik, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish kabi muhim masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, talabalar xavfsizligini ta’minlash, ularning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va zarur hollarda amaliy ko‘mak ko‘rsatishda OTM–mahalla hamkorligini yanada kuchaytirish bo‘yicha fikr va takliflar bildirildi.



Bunday hamkorlik yoshlar tarbiyasida yagona yondashuvni shakllantirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda xavfsiz va sog‘lom ijtimoiy muhitni ta’minlashga xizmat qiladi.

 

Manbaa: https://t.me/namspii

Maqolani ulashing
MOHIZAR ABDUG‘ANIYEVA
Maqola muallifi

MOHIZAR ABDUG‘ANIYEVA

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl + Enter bosing