info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Yangiliklar

NOGIRONLAR HUQUQLARI — INSON HUQUQLARINING AJRALMAS QISMI

Namangan davlat pedagogika institutida Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor A.Isoqboyev boshchiligida “Nogironlar huquqlari — har bir nogironligi bo‘lgan shaxs hech qanday cheklashlarsiz ega bo‘lishi lozim bo‘lgan huquq va erkinliklardir” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

06 октябр 2026 Yangiliklar 5 marta ko‘rilgan

Tadbirda  Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi G. Dehqonova, Falsafiy va tarixiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi M. Umarov hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Davra suhbatida nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va erkinliklarini ta’minlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini qo‘llab-quvvatlash, ta’lim olish va teng imkoniyatlardan foydalanish huquqlari haqida fikr almashildi.

Shuningdek, yoshlar o‘rtasida inson qadr-qimmatini hurmat qilish, bag‘rikenglik, tenglik va ijtimoiy mas’uliyat tuyg‘ularini yanada mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mavzu yuzasidan fikr va takliflarini bildirdilar.
 

Manbaa: https://t.me/namspii

Maqolani ulashing
MOHIZAR ABDUG‘ANIYEVA
Maqola muallifi

MOHIZAR ABDUG‘ANIYEVA

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl + Enter bosing