info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Yangiliklar

Pedagogik ta’limning yangi arxitekturasi — rivojlanishning yangi bosqichi

“Namangan haqiqati” gazetasining navbatdagi sonida Namangan davlat pedagogika instituti rektori, falsafa fanlari doktori, professor Bahodir Xusanov bilan “Pedagogik ta’limning yangi arxitekturasi — rivojlanishning yangi bosqichi” mavzusidagi keng qamrovli suhbat chop etildi.

08 октябр 2026 Yangiliklar 7 marta ko‘rilgan

Suhbatda mamlakatimizda pedagogik ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish, zamonaviy pedagog kadrlar tayyorlashning yangi yondashuvlarini joriy etish, ta’lim sifatini oshirish hamda ilm-fan, innovatsiya va amaliyot integratsiyasini kuchaytirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar atroflicha yoritilgan.

Shuningdek, institutda shakllantirilayotgan pedagogik ta’limning yangi arxitekturasi, 12 ta ustuvor rivojlanish yo‘nalishi, xalqaro hamkorlik, raqamli transformatsiya, ilmiy salohiyatni yuksaltirish va bo‘lajak pedagoglarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.

Mazkur suhbat Namangan davlat pedagogika institutining bugungi taraqqiyot yo‘li, strategik maqsadlari va istiqboldagi ustuvor vazifalari haqida keng tasavvur beradi.
 

Manbaa: https://t.me/namspi.uz

Maqolani ulashing
O
Maqola muallifi

OZODA TURSUNBOYEVA

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl + Enter bosing