info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Talaba hayoti Yangiliklar

IJARA XONADONLARIDA HUQUQBUZARLIK VA JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH BO‘YICHA PROFILAKTIK TADBIR O‘TKAZILDI.

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tyutorlari hamda institut profilaktika inspektori S. Ahmadjonov boshchiligida ijara xonadonlarida yashovchi talabalar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, xavfsiz hamda sog‘lom muhitni ta’minlash maqsadida profilaktik targ‘ibot-tashviqot tadbirlari olib borildi.

08 октябр 2026 Yangiliklar 8 marta ko‘rilgan

Tadbir davomida talabalarga qonun va belgilangan tartib-qoidalarga rioya qilish, jamoat joylarida o‘zini tutish madaniyati, ijara xonadonida yashash qoidalariga amal qilish hamda turli huquqbuzarliklarning salbiy oqibatlari haqida tushunchalar berildi.

Shuningdek, talabalarga yot g‘oyalar va noqonuniy guruhlar ta’siriga tushib qolmaslik, internet hamda ijtimoiy tarmoqlardan oqilona foydalanish, nizoli vaziyatlarga berilmaslik tavsiya etildi. Muammoli holatlar yuzaga kelganda esa o‘z vaqtida mas’ul xodimlarga yoki tegishli tashkilotlarga murojaat qilish zarurligi tushuntirildi.

Manbaa: http://www.namspi.uz

Maqolani ulashing
MADINABONU OLIMJONOVA
Maqola muallifi

MADINABONU OLIMJONOVA

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl + Enter bosing