info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Yangiliklar

O‘LKASHUNOSLIK DAVLAT MUZEYIGA MA’NAVIY-MA’RIFIY SAYOHAT

Yoshlar kuni doirasida Namangan davlat pedagogika instituti Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tyutori L. Nuraliyeva tomonidan Biologiya yo‘nalishi 1-bosqich talabalari uchun ichki turizm doirasida Namangan viloyati o‘lkashunoslik davlat muzeyiga ma’naviy-ma’rifiy sayohat tashkil etildi.

08 октябр 2026 Yangiliklar 3 marta ko‘rilgan

Sayohat davomida talabalar muzeyda saqlanayotgan tarixiy, madaniy va ma’rifiy ahamiyatga ega bo‘lgan eksponatlar bilan yaqindan tanishdilar. Muzey ekspozitsiyalarida namoyish etilgan xalqimizning qadimiy tarixi, urf-odatlari, milliy qadriyatlari va madaniy merosiga oid ma’lumotlar talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Shuningdek, talabalar Namangan viloyatining tarixi, hududda yashab o‘tgan ajdodlarimizning hayoti va faoliyati, xalqimizning boy madaniy merosi haqida qo‘shimcha ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Tashrif davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga tegishli javoblar oldilar.

Mazkur sayohat talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, tarixiy xotirasini mustahkamlash, milliy qadriyatlarga hurmatini oshirish, madaniy merosimizni asrab-avaylash tuyg‘usini shakllantirish hamda dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qildi.

Bunday ma’naviy-ma’rifiy tashriflar yoshlarning yurtimiz tarixi va madaniyatiga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

 

Manbaa: https://t.me/namspii

Maqolani ulashing
MOHIZAR ABDUG‘ANIYEVA
Maqola muallifi

MOHIZAR ABDUG‘ANIYEVA

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl + Enter bosing