info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Talaba hayoti Yangiliklar

TALABA QIZLARNING IJARA XONADONLARIDAGI SHAROITLAR O‘RGANILDI

Namangan davlat pedagogika institutida talaba-yoshlarning, xususan, ijarada yashovchi talaba qizlarning xavfsizligi, yashash sharoitlari va ijtimoiy holatini o‘rganish maqsadida manzilli o‘rganish ishlari olib borildi.

08 октябр 2026 Yangiliklar 5 marta ko‘rilgan

Birinchi prorektor boshchiligida rektor maslahatchisi M. Xodjayev hamda profilaktika inspektori S. Ahmadjonov ishtirokida Obihayot MFY hududida istiqomat qiluvchi talaba qizlarning ijara xonadonlariga tashrif buyurildi.

Tashrif davomida talabalarning xonadonlardagi yashash sharoitlari, sanitariya-gigiyena holati, elektr va gaz jihozlaridan foydalanish xavfsizligi hamda xonadonning umumiy osoyishtaligi o‘rganildi.

Shuningdek, talaba qizlar bilan suhbatlashilib, ularning ta’lim jarayoni, ijara xonadonida yashash bilan bog‘liq masalalari va mavjud muammolari tinglandi. Talabalarga xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilish, turli salbiy holatlarning oldini olish, kechki vaqtlarda ehtiyotkorlik choralariga amal qilish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Mas’ullar tomonidan talabalarning murojaat va takliflari o‘rganilib, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda aniqlangan masalalarni tegishli tartibda hal etish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.

Bunday manzilli tashriflar talabalarning xavfsizligi va farovonligini ta’minlash, ular bilan bevosita muloqotni kuchaytirish hamda ijarada yashovchi yoshlar bilan tizimli ishlashni yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladi.
 

Manbaa: https://t.me/namspii

Maqolani ulashing
MOHIZAR ABDUG‘ANIYEVA
Maqola muallifi

MOHIZAR ABDUG‘ANIYEVA

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl + Enter bosing