info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Yangiliklar

"QATAG‘ON QURBONLARI MUZEYI"GA MA’NAVIY-MA’RIFIY TASHRIF

Yoshlar kuni doirasida Namangan davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 1-bosqich BTS-CU-26 guruh talabalari Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tyutori M. Tojiboyeva rahbarligida “Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi”ga ma’naviy-ma’rifiy tashrif buyurdilar.

08 октябр 2026 Yangiliklar 7 marta ko‘rilgan

Yoshlar kuni doirasida Namangan davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 1-bosqich BTS-CU-26 guruh talabalari Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tyutori M. Tojiboyeva rahbarligida “Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi”ga ma’naviy-ma’rifiy tashrif buyurdilar.

 

Tashrif davomida talabalar O‘zbekistonda qatag‘on qilingan yurtdoshlarimizning hayoti va taqdiri, mamlakatimiz tarixining murakkab davrlari hamda milliy ozodlik va ma’rifat yo‘lida fidoyilik ko‘rsatgan ajdodlarimiz haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

Muzey ekspozitsiyalari orqali talabalarga qatag‘on qurbonlarining xotirasini abadiylashtirish, ularning hayoti va faoliyatini chuqur o‘rganish hamda tarixiy xotirani asrashning ahamiyati tushuntirildi.
Shuningdek, muzeyda jadidchilik harakati va milliy ma’rifatparvarlik tarixiga oid ma’lumotlar bilan tanishildi.



Bunday ma’naviy-ma’rifiy tashriflar yoshlarning tarixiy xotirasini mustahkamlash, ajdodlar merosiga hurmatini oshirish hamda Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Manbaa: http://www.namspi.uz

Maqolani ulashing
MADINABONU OLIMJONOVA
Maqola muallifi

MADINABONU OLIMJONOVA

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl + Enter bosing