Namangan davlat pedagogika instituti
Manbaa: https://namspi.uz/uz/919
TALABALAR TURAR JOYIDA TALABALARNING YASHASH SHAROITLARI O‘RGANILDI
08 октябр 2026
TALABALAR TURAR JOYIDA TALABALARNING YASHASH SHAROITLARI O‘RGANILDI
Namangan davlat pedagogika instituti Yoshlar bilan ishlash, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘limi tyutori L. Xonto‘rayeva tomonidan Pedagogika fakulteti talabalari istiqomat qilayotgan Talabalar turar joyiga tashrif buyurilib, ularning yashash sharoitlari o‘rganildi.
Tashrif davomida talabalarning xonalari hamda umumiy foydalanish hududlarining sanitariya va ozodaligi holati ko‘zdan kechirildi.
O‘rganish jarayonida tartibga keltirilishi lozim bo‘lgan xonalar aniqlanib, talabalar bilan birgalikda tegishli tartibga solish va tozalash ishlari amalga oshirildi.
Shuningdek, talabalarga xonalarda tozalik va ozodalikka rioya qilish, shaxsiy buyumlarni tartibli saqlash hamda Talabalar turar joyining ichki tartib-qoidalariga amal qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Mazkur tashrif talabalarga qulay, ozoda va tartibli yashash muhitini yaratish hamda TTJda belgilangan tartib-intizomni ta’minlashga xizmat qiladi.