info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Yangiliklar

Zamonaviy metodlar maktab o'quvchilari bilan yuzma-yuz

Bugun, 8-oktyabr kuni Namangan davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakulteti professor-o'qituvchilari Chortoq tumanidagi Davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga mahorat darslarini o'tkazish maqsadida tashrif buyurdilar.

08 октябр 2026 Yangiliklar 5 marta ko‘rilgan

Tashrif doirasida institut olimlari maktab o'quvchilari va pedagoglari bilan bevosita hamkorlikda ochiq mahorat darslarini tashkil etishdi. Darslar ta'lim sifatini oshirish, ilg'or pedagogik tajribani amaliyotga joriy etish hamda oliy ta'lim va umumiy o'rta ta'lim o'rtasidagi o'zaro hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qildi. Mahorat darslarini quyidagi professor-o'qituvchilar o'tkazdilar:Mo'minova Muxayyo Usmanovna – matematika fanidan;Xusanova Anorxon G'aybullayevna – biologiya fanidan; Boqiyev Bahodir Rahimaliyevich – fizika fanidan; Abdurahmonov Sohibjon Turdaliyevich– geografiya fanidan; Komilov Bahromjon Jamoldinovich– kimyo fanidan. Darslar davomida o'quvchilar mavzularni mexanik yodlash o'rniga, mustaqil fikrlash, muammoni tahlil qilish, o'z fikrini asoslash va olingan bilimlarni hayotiy vaziyatlarda qo'llash ko'nikmalarini egalladilar. Professor-o'qituvchilar zamonaviy pedagogik texnologiyalar, interfaol metodlar va o'quvchini faol ishtirokchiga aylantiradigan topshiriqlardan unumli foydalandilar. Bu dars jarayonini qiziqarli va samarali qildi, o'quvchilarning fanga bo'lgan qiziqishini oshirdi. Mahorat darslarida ishtirok etgan o'quvchilar va kuzatuvchi pedagoglar turli yangi zamonaviy metodlar hamda interfaol usullar bilan yaqindan tanishdilar. Kuzatuvchi o'qituvchilar uchun bu darslar o'z faoliyatida qo'llash mumkin bo'lgan amaliy tajriba maktabi bo'ldi. Dars yakunida fikr almashish va muhokama o'tkazildi, o'qituvchilar yangi metodlarni o'z darslarida qo'llash bo'yicha amaliy tavsiyalar oldilar. Ta'kidlash joizki, bunday tadbirlar institut va maktablar o'rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishda, pedagoglarning kasbiy mahoratini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Tadbir o'zaro samimiy va ijodiy muhitda o'tdi. Maktab-internat ma'muriyati va pedagoglar institut professor-o'qituvchilariga o'tkazilgan darslar uchun minnatdorchilik bildirdilar.

Manbaa: https://t.me/namspi.uz

Maqolani ulashing
OZODA TURSUNBOYEVA
Maqola muallifi

OZODA TURSUNBOYEVA

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl + Enter bosing