info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Yangiliklar

Senator Odiljon Mamatkarimov institut talaba-yoshlari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi

Namangan davlat pedagogika institutida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi, Senatning Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi Odiljon Mamatkarimovning talaba-yoshlar bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi.

09 октябр 2026 Yangiliklar 13 marta ko‘rilgan

Uchrashuvda senator Oliy Majlis Senatining faoliyati, senatorlarning qonunchilik jarayonidagi ishtiroki, qonunlarni ko‘rib chiqish va ma’qullash tartibi haqida batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, ta’lim, ilm-fan va tarbiya sohalariga daxldor qonunchilikdagi muhim yangiliklar, ularning mazmun-mohiyati hamda amaliy ahamiyatiga to‘xtaldi. Muloqot davomida ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar va ulardan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi. Talabalarning huquqiy bilimlarini mustahkamlash, ijtimoiy faolligini oshirish hamda islohotlarga daxldorlik hissini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratildi. Savol-javob tarzida davom etgan uchrashuvda talaba-yoshlar ta’lim sohasidagi o‘zgarishlar va o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan senatorga murojaat qildilar. Bildirilgan savollarga batafsil javoblar va tegishli tushuntirishlar berildi. Muloqot yakunida institut rektori Bahodir Xusanov ta’lim jarayonini modernizatsiya qilish, pedagogik ta’limning yangi arxitekturasini shakllantirish hamda pedagogik ta’lim HABini yaratish bo‘yicha institutda amalga oshirilayotgan ishlar haqida axborot berdi. Mazkur uchrashuv talaba-yoshlarning qonunchilik jarayonlari va ta’lim sohasidagi islohotlar haqidagi bilimlarini boyitish, ular bilan bevosita fikr almashish uchun muhim muloqot maydoni bo‘ldi. 

Manbaa: https://t.me/namspi.uz

Maqolani ulashing
OZODA TURSUNBOYEVA
Maqola muallifi

OZODA TURSUNBOYEVA

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl + Enter bosing