info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Yangiliklar

SENATOR O.MAMATKARIMOV INSTITUTDA YARATILGAN SHAROITLAR BILAN TANISHDI

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi, Senatning Fan, taʼlim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi Odiljon Mamatkarimov Namangan davlat pedagogika institutida talaba-yoshlarning sifatli ta’lim olishlari, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishlari uchun yaratilgan shart sharoitlar bilan tanishdi.

09 октябр 2026 Yangiliklar 9 marta ko‘rilgan

Institut rektori B.Xusanov tomonidan yangi o‘quv yilida foydalanishga topshirilgan “Maktabgacha, boshlang‘ich va pedagogika oliy maktabi”, “Registrator ofis” va “Innovatsiyalar markazi” binolaridagi zamonaviy o‘quv auditoriyalari, laboratoriya xonalari, sport inshootlari, kitobxonlar uchun yaratilgan sharoitlar, ruhiy zo‘riqish va stressni barvaqt aniqlashning raqamlashtirilgan tizimi, talabalarga zamonaviy xizmat ko‘rsatish, talabalarning ilmiy innovasion faoliyatga yo‘naltirish jarayonlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Senator O.Mamatkarimov institut faoliyatini yanada rivojlantirish borasidagi o‘z taklif va mulohazalarini bildirdi.

Manbaa: https://t.me/namspi.uz

Maqolani ulashing
OZODA TURSUNBOYEVA
Maqola muallifi

OZODA TURSUNBOYEVA

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl + Enter bosing