Namangan davlat pedagogika instituti
Manbaa: https://namspi.uz/uz/928
DINIY EKSTREMIZMGA QARSHI KURASH — TINCHLIK VA BARQARORLIK GAROVI!
09 октябр 2026
DINIY EKSTREMIZMGA QARSHI KURASH — TINCHLIK VA BARQARORLIK GAROVI!
Namangan davlat pedagogika instituti Yoshlar bilan ishlash maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi tyutorlari hamkorligida "DINIY EKSTREMIZMGA QARSHI KURASH — TINCHLIK VA BARQARORLIK GAROVI" mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.
Yoshlar o‘rtasida diniy ekstremizm va turli buzg‘unchi g‘oyalarning oldini olish va diniy bag‘rikenglikni mustahkamlash muhim ekanligi taʼkidlandi.
Shu maqsadda yoshlar o‘rtasida sog‘lom dunyoqarashni shakllantirish, ularni turli yot g‘oyalar ta’siridan himoya qilish, axborot manbalariga tanqidiy yondashish va diniy savodxonlikni oshirishga alohida e’tibor qaratish lozim.
Tinchlik, totuvlik, o‘zaro hurmat va bag‘rikenglik — jamiyatimiz taraqqiyotining muhim asosidir. Har bir yosh Vatanimiz tinchligini asrash, millatlararo va dinlararo hamjihatlikni mustahkamlashga o‘z hissasini qo‘shishi zarur.
Biz tinchlik tarafdorimiz!