Namangan davlat pedagogika instituti
Manbaa: https://namspi.uz/uz/933
“MILLIY QADRIYATLAR” KUNIGA BAG‘ISHLANGAN TADBIR O‘TKAZILDI
09 октябр 2026
Tadbir davomida xalqimizning milliy urf-odatlari, an’analari, qadriyatlari va boy madaniy merosini asrab-avaylash, ularni yosh avlodga yetkazish hamda talaba-yoshlar qalbida milliy o‘zlikni anglash tuyg‘usini mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Talabalar tadbir davomida milliy qadriyatlarimizning mazmun-mohiyati va ularning jamiyat hayotidagi o‘rni haqida fikr almashdilar.
Mazkur tadbir yoshlarni milliy an’analarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish hamda milliy merosimizga bo‘lgan ehtiromini oshirishga xizmat qiladi.