info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Talaba hayoti Yangiliklar

TALABA-PROREKTOR: BIR KUNLIK AMALIY FAOLIYAT

Bugun Namangan davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi BTS-EU-23-guruh talabasi Axmadjonova Dilnoza Adhamjon qizi Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor vazifasini bir kun davomida bajarib, rahbarlik faoliyati va bo‘limning kundalik ish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

10 октябр 2026 Yangiliklar 17 marta ko‘rilgan


TALABA-PROREKTOR: BIR KUNLIK AMALIY FAOLIYAT

Bugun Namangan davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi BTS-EU-23-guruh talabasi Axmadjonova Dilnoza Adhamjon qizi Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor vazifasini bir kun davomida bajarib, rahbarlik faoliyati va bo‘limning kundalik ish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

 

Jarayon davomida birinchi prorektor A. Isoqboyev tomonidan talabaga prorektorning asosiy vazifalari, mas’uliyat va majburiyatlari, yoshlar bilan ishlash yo‘nalishidagi faoliyat hamda ish jarayonlarini tashkil etish tartibi tushuntirildi.
Shuningdek, talaba rektor maslahatchisi M. Xodjayev bilan uchrashib, uning faoliyati bilan tanishdi. Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo‘lim boshlig‘i M. Nabijonov bilan muloqot davomida bo‘limning kundalik faoliyati va amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot oldi.
Bo‘lim bosh mutaxassisi Sh. Yigitaliyev tomonidan Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan “Imkoniyat” respublika jamoat birlashmasi forumi doirasidagi xizmat safari va unda amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berildi.
Amaliy jarayonning yana bir muhim qismi sifatida rektorat kotib-ish yurituvchisi Sh. Bekmirzayev tomonidan talabaga EDU ijro tizimi hamda dc.namspi.uz platformalari, hujjatlar bilan ishlash va ijro nazoratini yuritish tartibi amaliy tarzda ko‘rsatib berildi.
Shuningdek, bo‘lim uslubchisi M. Muhammadjonov tomonidan bo‘lim faoliyati, ish yuritish jarayonlari va amalga oshirilayotgan vazifalar bilan yaqindan tanishtirildi.



Kun davomida talaba rahbarlik faoliyatini bevosita kuzatib, ish yuritish, hujjatlar bilan ishlash, elektron platformalardan foydalanish hamda turli yo‘nalishlardagi amaliy jarayonlar haqida qimmatli tajriba orttirdi.
 

Manbaa: https://t.me/namspii

Maqolani ulashing
MOHIZAR ABDUG‘ANIYEVA
Maqola muallifi

MOHIZAR ABDUG‘ANIYEVA

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl + Enter bosing